Ташкент, Янгихаётский район, Ташкент Индекс, F3-1-1087
Kompaniya haqida: ASKO kompaniyasi avtomobil ehtiyot qismlari (avtoshina, disk, akkumlyatorlar) savdosi bilan shug'illanadigan O'zbekistondagi eng yirik do'konlar tarmog'i. Hozirda 80+ savdo filiallarimiz O'zbekiston bo'ylab faoliyat yurityabdi.
Biz kimni qidiryabmiz:
Ta’lim:
Oliy ma’lumotli (inson resurslari, psixologiya, sotsiologiya, menejmen yo'nalishlarida)
Tajriba:
Soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba kutyabmiz.
Bilim va ko‘nikmalar:
MS Office dasturlarida ishlay olish (Word, Excel, PowerPoint)
Ish platformalari va Telegram-botlar bilan ishlash ko‘nikmasi
SI (sun'iy intellekt) bilan havaskordan ortiq darajada ishlay olish
Tez o‘rganish va mustaqil qaror qabul qilish salohiyati
Soft skills:
Muloqotga ochiqlik, quvnoqlik va tashabbuskorlik
Mas’uliyatlilik va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish
Stressga bardoshlilik va odamlar bilan to'g'ri ishlay olish
Eslab qolish, yozib olish va tizimli yondashuvga moyillik
Til bilimi:
O‘zbek tilini mukammal bilish
Rus tili yoki ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi
Qadriyatlar:
Jamoaviy ishga tayyorlik
Halollik va intizomga sodiqlik
O‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilish
Nimalarni yuklaymiz:
Oyiga 20 ta vakansiyalar bilan shug'illanish
MarHR yo'nalishimiz uchun yangi g'oyalar berish
HR jarayonlarni realizatsiyasida ishtirok etish
Biz sizga nima taklif qilamiz?
Rasmiy ishga joylashish — mehnat shartnomasi asosida barqaror ish;
Mentorlik qo‘llab-quvvatlovi — sizni boshidanoq tajribali HR mutaxassislar yo‘naltiradi;
Doimiy o‘rganish imkoniyati — rekruting, sourcing, suhbat o‘tkazish, korporativ madaniyat bo‘yicha bepul ichki treninglar;
Karyeraviy o‘sish — Junior darajasidan HR-menejergacha yo‘l ochiq;
Shinam va zamonaviy ofis — mehmondo‘st jamoa, ichki oshxona, do‘stona muhit;
Ish vaqti: 09:00–18:00, 6/1 (shanba 13:00 gacha);
Vaqtida to‘lanadigan maosh — oylik ikki marta: avans va asosiy to‘lov.
Muhim!
Vakansiyaga javob yozishda cover letter’da quyidagini savolga javob yozishni unutmang:
Sizga kompaniya uchun 15 kun ichida Savdo filiali uchun 5 ta sotuvchi - konsultant topish vazifasi yuklatildi. Byudjet cheklangan, vaqt ham qisqa. Shu holatda qanday rekruting kanallaridan foydalanasiz?
СП ООО YASHIL FERMA
Ташкент
до 10000000 UZS
AVTO AKBAR DAIMLER
Ташкент
до 10000000 UZS
Sunshine Turon International Ltd
Ташкент
до 6000000 UZS