Ташкент, улица Алишера Навои, 40
Vakansiya: Sotuv menejeri
Loyiha: "Super kitobxon"
Mijozlar bilan professional darajada ishlashni va yuqori natijalar ko'rsatishni biladigan, maqsadga intiluvchan Sotuv menejerini jamoamizga taklif qilamiz. Asosiy maqsad — savdo hajmini oshirish, mijozlar ehtiyojini qondirish va belgilangan sotuv rejalarini vaqtida bajarish.
Sizning vazifalaringiz:
Mijozlar bilan faol muloqot qilish (qo'ng'iroqlar, xabarlar) va sotuvni muvaffaqiyatli yopish;
Issiq va sovuq bazalar bilan ishlash, konversiyani oshirish ustida doimiy ishlash;
Haftalik va oylik shaxsiy sotuv rejalarini bajarish;
Belgilangan sotuv skriptlari bo'yicha to'g'ri ishlash va ularni takomillashtirish bo'yicha takliflar berish;
CRM tizimi bilan to'liq va aniq ishlash (voronkani yuritish va har bir mijoz tarixini kiritib borish);
Rahbariyatga kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni vaqtida topshirish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
Sotuv sohasida kamida 1-2 yillik amaliy tajriba;
Muvaffaqiyatli sotuv tajribasiga ega bo'lish;
O'zbek va rus tillarida erkin, savodli muloqot qila olish;
Zamonaviy sotuv texnikalari va e'tirozlar bilan ishlash (otrabotka vozrajeniye) usullarini yaxshi bilish;
Xushmuomalalik, natijaga yo'naltirilganlik, mas'uliyat va tez o'rganish qobiliyati.
Biz taklif qilamiz:
Oylik daromad: 4 000 000 dan 7 000 000 so'mgacha (Belgilangan fiksa + sotuvdan foiz/bonus ko'rinishida);
Barqaror rivojlanayotgan loyihada ishlash imkoniyati;
Qulay ish sharoitlari, zamonaviy ofis va ahil jamoa;
Doimiy kasbiy o'sish, yangi bilimlarni o'rganish va tajriba almashish muhiti.
Telegram orqalik murojat qilish
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
до 10000000 UZS