Operatsion direktor

AQUA AGRO TECH

Operatsion direktor

Ташкент, улица Гавхар, 122

Описание вакансии

🐟 AQUA AGRO TECH jamoasiga qo‘shiling!

Biz O‘zbekiston baliq fermerlarining ishonchli hamkorimiz: yem va uskunalardan tortib R&D va tayyor baliqni sotishgacha - fermer bilan butun yo‘lni birga bosib o‘tamiz.

Nega biz:

✅ Shaffof tizim - har bir lavozimning darajasi va maosh oralig‘i oldindan ma’lum

✅ Daromad natijaga bog‘liq - KPI, savdoda esa jamoaviy choraklik bonus

✅ Aniq rol - siz o‘z yo‘nalishingizning egasisiz

✅ O‘sish - yangi hududlar, yangi yo‘nalishlar, yangi rahbarlik o‘rinlari

📍 Toshkent va hududlar

👉 Bo‘sh o‘rinlar: Kundalik operatsiyalarni - xarid, import logistikasi, omborlar va yetkazib berishni - bir tizimga keltiradigan Operatsion direktor qidiramiz.

AQUA AGRO TECH - fermer bilan birga o‘sadigan kompaniya.

Vazifalar:

  • Xarid va import logistikasini (Xitoy, Eron) rejalashtirish va nazorat qilish.
  • Omborlar (Toshkent va hududlar): standartlar, inventarizatsiya, Smartup da aniq hisob.
  • Yetkazib berish jarayoni va transport.
  • Mavsum oldidan zaxirani shakllantirish rejasi.
  • Bo'limlar o'rtasida haftalik boshqaruv ritmi va vazifalar nazorati.
  • Moliya bilan o'zaro nazorat: ombor qoldiqlari va naqd pul.
  • Operatsion KPI tizimini joriy qilish.

Talablar:

  • Operatsiyalar yoki logistika rahbari sifatida kamida 5 yil tajriba.
  • Import (Xitoy/Eron) va bojxona jarayonlarini bilish.
  • ERP tizimlari bilan ishlash (Smartup - afzallik).
  • 50+ kishilik jamoani boshqargan.
  • O'zbek va rus tillari; ingliz tili - afzallik.

Shartlar:

  • Raqobatbardosh oylik + natijaga bog'liq bonus.
  • Rahbarlar jamoasida to'g'ridan-to'g'ri ta'sischi bilan ishlash.
  • O'sayotgan guruhda tizimni qurish imkoniyati.

Tanlov bosqichlari: ariza → test → suhbat → amaliy topshiriq → ta'sischi bilan yakuniy suhbat.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Direktor

Dyo

  • Ташкент

  • до 60000000 UZS

Рекомендуем
АКБ Агробанк

Moliyaviy-operatsion menejer

АКБ Агробанк

  • Ташкент

  • до 60000000 UZS

Рекомендуем
KOKAND TYRES
  • Ташкент

  • до 60000000 UZS

Рекомендуем

Marketing va PR direktor

PRESIDENT ACADEMY

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию