Ташкент, Узбекистанская линия, метро Айбека
GRANT EDU o`quv markazi
Kimyo, Biologiya,Ingliz tili va Matematika o’qitish bilan shug’ullanamiz. Faoliyatimizga 6 yil bo’ldi va shu vaqt ichida 5000 dan ortiq insonga ilm ulashdik.
Biz oʻz jamoamizga natija uchun ishlashga va tashkilotimizni rivojlantirishda faol ishtirok etishga tayyor boʻlgan sotuv menedjerini qidirmoqdamiz. (Faqat ayol-qizlar)
Nega vokansiya ochildi?
Bu yilgi maqsadimiz O’quv markazimizni to’liq tizimlashtirish, savdoni 3x oshirish, yanada ko’proq insonlarga ilm ulashish. Shuning uchun biz rivojlanishni xohlovchi, yangiliklarga ochiq kuchli jamoani shakllantiryapmiz.
Agar sizda Sotuv, Menejment, Boshqaruv , Tizimlashtirish yoki HR bo’yicha bilim va tajribangiz bo’lsa, ishga olinishda ustunlikka ega bo’lasiz.
Biz bilan ishlasangiz siz nimalarga ega bo’lasiz?
*Shaffof ish haqi tizimi. Qat’iy belgilangan FIX maosh+BONUS. Belgilangan reja ko’rsatkichini bajarishda ushbu pozitsiyadagi o’rtacha oylik daromad 10,000,000 dan oshadi + KPI;
*Maosh oyda 1 marta o’z vaqtida beriladi. So’ngi 5 yil ichida kechikishlar bo’lmagan;
*Kompaniya hisobidan korparativ treninglar( sizning xohish va takliflaringiz inobatga olinadi);
*Doimiy rivojlanish, Karyera o’sib borishi;
*Ish jadvali moslashuvchan dushanba- shanba 09:00-20:00 gacha ;
*Yosh jamoa, Xodimlarning o’rtacha Yoshi 30 yosh;
*Shahar markazidagi qulay joylashuv. Metro yonida;
*Korporativ mobil aloqa uchun to’lov;
*Kofe break kompaniya hisobidan;
*Adekvat rahbariyat: savol tug’ilsa to’g’ridan to’g’ri so’rashingiz mumkin;
Ishda nima bilan shug’ullanasiz?
*Asosiysi- amaldagi va yangi mijozlar bo’yicha rejada belgilangan sotuvni amalga oshirish;
*Mijozlar bilan dastlabgi suhbat va kurslar taqdimotini o’tkazish;
*Har bir Lidning ketma-ketlik varonkasini belgilash;
*CRM platformasini aktiv ishlatish;
*Kunlik, haftalik, oylik hisobotlarni rahbariyatga topshirish;
Kimlarni ko’rishni istaymiz?
*Tajriba ta’lab qilinadi kamida 2-3 yillik;
*Sizda yozma va og’zaki nutq a’lo darajada va jamoa bilan tez til topishib ketish qobiliyatingiz bo’lsa;
*Agar sizga insonlar bilan suhbatlashish yoqsa va Ko’plab qo’ng’iroqlarga javob berishga tayyor bo’lsangiz;
*Mas’uliyat va tirishqoqlik fazilatiga ega bo’lsangiz;
*Shaxsiy sotuv, xizmatlar sotuvi tajribasi ustunlik beradi;
*Yaxshi daromad topishni xohlasangiz;