Iqtisodchi-tahlilchi (bosh/yetakchi mutaxassis - Toshkent viloyati, Nurafshon)

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Iqtisodchi-tahlilchi (bosh/yetakchi mutaxassis - Toshkent viloyati, Nurafshon)

Нурафшон

Описание вакансии

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi mas'uliyatli, tashabbuskor va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega nomzodlarni iqtisodchi-tahlilchi vakant lavozimiga taklif etadi.

Agar siz rasmiy statistika sohasida ishlash, hududiy statistika organlari faoliyatini rivojlantirish, statistik ma'lumotlar sifati va ishonchliligini ta'minlash hamda davlat boshqaruvi tizimining muhim yo'nalishlarida o'z hissangizni qo'shishni istasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun!

Lavozim majburiyatlari:

  • qishloq xo'jaligi/ xizmat, savdo va narx statistikasi bo'yicha hisobotlar hamda statistik kuzatuvlarni tashkil etish va yuritish;
  • statistik hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish va ularning sifatini ta'minlash;
  • xo'jalik yurituvchi subyektlarga statistik hisobotlarni taqdim etish bo'yicha uslubiy va konsultativ yordam ko'rsatish;
  • bo'lim faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va elektron axborot tizimlari bilan ishlash;
  • tarkibiy bo'linmalar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda vazifalarni bajarish;
  • o'ziga biriktirilgan yo'nalish bo'yicha choraklik va yillik KPI ko'rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash;
  • nazoratdagi xatlar, topshiriqlar va murojaatlarning o'z vaqtida hamda sifatli ijrosini ta'minlash;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va arxivga topshirish jarayonlarini tashkil etish;
  • statistik faoliyatni takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • xizmat vazifalarini amaldagi qonunchilik va ichki me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bajarish.

Malakaviy talablar:

  • iqtisodiyot, statistika, matematika, axborot texnologiyalari, moliya yoki boshqa tegishli yo'nalishlar bo'yicha oliy ma'lumot;
  • statistika, iqtisodiyot yoki tahliliy yo'nalishlarda ish tajribasiga ega bo'lish ustunlik hisoblanadi;
  • statistik ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko'nikmalariga ega bo'lish;
  • O'zbekiston Respublikasining rasmiy statistika sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va me'yoriy-huquqiy bazasini bilish;
  • MS Office dasturlarida, ayniqsa Excel bilan ishonchli ishlash ko'nikmasi;
  • elektron hujjat aylanishi va axborot tizimlaridan foydalana olish;
  • tahliliy fikrlash, mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik va yuqori ijro intizomi;
  • davlat tilini mukammal bilish, rus va ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi.

Afzalliklar:

  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • Davlat statistika tizimida barqaror faoliyat yuritish va kasbiy rivojlanish imkoniyati;
  • Muhim statistik loyihalar hamda davlat ahamiyatiga ega vazifalarda ishtirok etish;
  • Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan munosib ish haqi;
  • Ish jadvali: 5/2, to'liq ish kuni;
  • Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar;
  • Zamonaviy ish muhiti va professional jamoada faoliyat yuritish;
  • Tashkilot hisobidan malaka oshirish va o'quv dasturlarida qatnashish imkoniyati.
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Iqtisodchi-tahlilchi (bosh mutaxassis - Toshkent viloyati, Bo'ka tumani)

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

Рекомендуем
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Data management / bosh mutaxassis (Toshkent viloyati, Nurafshon)

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Рекомендуем
Orient Finans Bank
  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

4Prep
  • Ташкент

  • до 1200 USD

ASL FOOD THE BEST

Bosh buxgalter

ASL FOOD THE BEST

  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

АО ANOR BANK
  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

Toshkent BXO Chakana biznes bo‘limi servis menejer (bosh mutaxassis)

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

O'ZBEKKO'MIR
  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Lizing kompaniyasi bosh buxgalteri

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Bosh buxgalter

ADMC DASAN

  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

MARJON MOLDINGS
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Xalq Banki
  • Ташкент

  • от 500 USD

Bosh buxgalter

VINCERE GROUP

  • Ташкент

  • от 500 USD

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию