Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi raqamli ma’lumotlar, statistik registrlar va axborot tizimlari bilan ishlashga qiziqadigan, mas’uliyatli va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega nomzodni Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga taklif etadi.
Lavozim majburiyatlari:
- Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini (KTYADR) hamda statistik registrlarni yuritish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
- raqamli statistik registrlar bo‘yicha yagona metodologiyani ishlab chiqishda ishtirok etish;
- ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilardan olingan ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va boshqarmaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga taqdim etish;
- raqamli statistik registrlarni texnik qo‘llab-quvvatlash, ularning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish va uzluksiz ishlashini ta’minlashda ishtirok etish;
- statistik registrlarni idoraviy axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda ishtirok etish;
- KTYADR elektron ma’lumotlar bazasini yuritish, ma’lumotlarni aktuallashtirish hamda ulardagi xatolarni aniqlash va bartaraf etish;
- yuridik shaxslarni hisobga qo‘yish hamda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
- korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish;
- oylik va choraklik statistik axborotlar, byulletenlar, to‘plamlar hamda murojaatlar uchun zarur ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash;
- bo‘lim faoliyatiga oid statistik metama’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, kelishish va yuritish;
- iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalar va tasniflagichlarni ishlab chiqish, joriy etish hamda yuritishda ishtirok etish;
- yuridik shaxslarni identifikatsiyalashning yagona prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash;
- jismoniy va yuridik shaxslarning KTYADR bo‘yicha so‘rovlarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda javoblar tayyorlash;
- KTYADR sohasidagi oylik, choraklik va yillik statistik hamda tahliliy materiallarni tayyorlash;
- statistik registrlarga oid ma’lumotlarning maxfiyligi va himoyalanishini ta’minlash.
Malakaviy talablar:
- iqtisodiyot, statistika, axborot texnologiyalari, amaliy matematika yoki turdosh yo‘nalishlardan biri bo‘yicha oliy ma’lumot;
- elektron ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, tekshirish va tahlil qilish qobiliyati;
- statistik registrlar, klassifikatorlar va ma’lumotlar bazalarini yuritish tamoyillarini tushunish;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va elektron axborot tizimlaridan foydalana olish;
- statistik va tahliliy materiallar, jadvallar hamda hisobotlarni tayyorlash ko‘nikmasi;
- MS Office dasturlaridan, ayniqsa Excel dasturidan ishonchli foydalana olish;
- ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligiga yuqori e’tibor bilan yondashish;
- tahliliy va mantiqiy fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada samarali ishlash qobiliyati;
- maxfiy statistik ma’lumotlar bilan ishlash talablariga qat’iy rioya qilish.
Qo‘shimcha ustunliklar:
- statistik registrlar yoki davlat ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi;
- KTYADR va iqtisodiy-statistik klassifikatorlar bilan ishlash bo‘yicha bilim yoki tajriba;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar, soliq organlari yoki boshqa ma’muriy ma’lumotlar manbalari bilan ishlash tajribasi;
- axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish jarayonlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
- statistik metama’lumotlar va xalqaro klassifikatorlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
Afzalliklar:
-
Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
-
Davlat statistika tizimining raqamlashtirish va statistik registrlar yo‘nalishida professional tajriba orttirish;
-
KTYADR va raqamli statistik registrlarni rivojlantirish jarayonlarida bevosita ishtirok etish;
-
Davlat organlarining ma’muriy ma’lumotlari va zamonaviy elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
-
Rasmiy statistika tizimida raqamlashtirish va axborot tizimlari integratsiyasi bo‘yicha professional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
-
Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan munosib ish haqi;
-
Ish jadvali: 5/2, to‘liq ish kuni;
-
Professional jamoada ishlash va kasbiy rivojlanish imkoniyati.