HR yordamchi (assistent Hr digitel)

SIFCO INTERNATIONAL

HR yordamchi (assistent Hr digitel)

Ташкент, Янгихаётский район, махаллинский сход граждан Файзли

Описание вакансии

SIFCO International kompaniyalar guruhi (ALFARUQ xolding) — 1993-yildan beri Xitoy, Yevropa va Rossiyadan turli tovarlarni yetkazib beruvchi yirik kompaniya. Biz zamonaviy HR tizimini qurmoqdamiz va biz bilan birga raqamli HR (HR Digital) yo‘lida o‘sadigan hamda ish yo‘nalishlarini to‘liq o‘z zimmasiga oladigan HR-menejer yordamchisini qidiryapmiz.

Siz nima bilan shug‘ullanasiz?

  • Verifix tizimidagi nazoratni o‘rganib, keyinchalik uni to‘liq o‘z zimmangizga olasiz: xodimlarni lokal hujjatlar bilan tanishtirish, tanishuv varaqlari, hujjatlar reyestri, HR bo‘limining ichki hujjat aylanishi;
  • Kompaniyaning HR-brendini yuritasiz: Telegram va Instagram’ni rivojlantirish, kontent tayyorlash va olish, kompaniya hayoti va vakansiyalar haqida materiallar joylash;
  • Liniya xodimlarini tanlashda yordam berasiz: vakansiyalarni joylash, murojaatlarni ko‘rib chiqish, nomzodlar bilan suhbat kelishish;
  • HR-tadbirlari va korporativ tadbirlarni tashkil qilishda faol qatnashasiz: logistika, texnik ta’minot, g‘oyalar va tashabbuslar;
  • Xodimlar so‘rovnomalarini (engagement survey) tarqatib, to‘ldirilishini nazorat qilasiz va natijalarni jamlaysiz;
  • Baholash (performance review) uchun hujjatlar va jadval tayyorlaysiz, xodimlarga eslatma yuborasiz;
  • O‘qitishlarning (trening, seminar) tashkiliy jihatlarini ta’minlaysiz: xona, texnika, ishtirokchilar ro‘yxati;
  • Xodimlarning murojaatlarini qabul qilib, HR-menejerga yetkazasiz;
  • Haftalik va oylik hisobotlar tayyorlashda, kadrlar zaxirasi va ichki rotatsiya ma’lumotlarini yuritishda yordam berasiz.

Biz kimni qidiryapmiz?

  • Verifix’ni o‘rganib, keyin mustaqil yurita olishga tayyor;
  • Telegram va Instagram uchun kontent yaratishga va bu kanallarni rivojlantirishga tayyor;
  • Tashabbuskor va faol: g‘oya taklif qiladi, tadbirlarda qatnashadi, topshiriqni kutib o‘tirmaydi;
  • Ko‘pchilik oldida hamda tajribali xodimlar va rahbarlar oldida o‘zini ishonchli tuta oladigan, nutqi ravon, aniq va to‘liq;
  • Word, Excel, Google Forms’ni yaxshi biladigan;
  • Pishiq, mas’uliyatli, xodimlar shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini saqlaydigan;
  • O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotli. HR sohasida tajriba bo‘lsa — yaxshi, lekin shart emas.

Shartlar

  • Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • Oylik maosh qo‘lga 3 000 000 dan 5 000 000 so‘mgacha, oyiga ikki marta to‘lanadi;
  • Ish tartibi: 6/1
  • HR-menejer tomonidan o‘qitish va mentorlik.

Kelajakda qayerga o‘sasiz? (HR Digital)

  • Verifix va boshqa HR-tizimlarni o‘rganasiz: elektron hujjat aylanishi, elektron tanishuv varaqlari, so‘rovnoma va baholashni avtomatlashtirish;
  • HR-analitika bilan ishlashni o‘rganasiz: xodimlar jalb etilganligi (engagement), baholash, rotatsiya va kadrlar zaxirasi bo‘yicha dashbordlar;
  • HR-analitik, HR-avtomatlashtirish mutaxassisi, rekruter yoki HRBP bo‘lib o‘sishingiz mumkin;
  • Xolding HR’iga yangi raqamli vositalarni joriy qilishda qatnashasiz.

Biz nimalarni taklif qilamiz?

  • ALFARUQ yirik xoldingida ishlash;
  • Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
  • Yillik mukofotlar;
  • Kompaniya hisobidan har yili xorijiy sayohatlar;
  • Kompaniya hududida EKO-zona;
  • Ahil jamoa, timbildinglar va korporativ tadbirlar;
  • Sport musobaqalari va jamoaviy loyihalar;
  • Xolding ichida real karyera o‘sishi.

HR sohasida karyerangizni boshlab, HR-brendni rivojlantirmoqchi va raqamli o‘zgarishlar bilan birga o‘smoqchimisiz? Murojaat qiling — biz siz bilan bog‘lanamiz!

Навыки
  • Адаптация персонала
  • HR-аналитика
  • Грамотная устная речь
  • SMS маркетинг
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Рекомендуем
Ecolit
  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

Рекомендуем
AQUAVIT
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Рекомендуем
Aros (Яратов Жавадбек Васил угли)

Hr meneger

Aros (Яратов Жавадбек Васил угли)

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Ассистент HR

INCOSMETIC ASIA

  • Ташкент

  • от 5000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Vaksina Healthcare

HR Rekruter

Vaksina Healthcare

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

TOXIR SODIQ OMAD

Omborga yordamchi

TOXIR SODIQ OMAD

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

SALAR MEAT PRODUCT ( ТМ SHERIN )

HR специалист

SALAR MEAT PRODUCT ( ТМ SHERIN )

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

TENZOR SOFT

HR-менеджер

TENZOR SOFT

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

HR-специалист

SMALL ADVANCED

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

Sika
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

EPAM Uzbekistan
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

ИП ООО PORTAKAL

HR Manager

ИП ООО PORTAKAL

  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

MITTIVOYGROUP
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию