MAFF — qurilish, sanoat, avtomobil va maishiy sohalarda qo‘llaniladigan yuqori texnologik lak-bo‘yoq materiallarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy kompaniya.
Kompaniya ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy uskunalar, xalqaro muhandislik tajribasi hamda sifatni boshqarishga tizimli yondashuvni uyg‘unlashtirib, professional bozorning zamonaviy talablariga javob beradigan mahsulotlarni yaratadi.
Biz тbrendimizni kompleks rivojlantiradigan, savdo nuqtalarida mahsulotlarimizni ilgari suradigan va digital kanallarda targ‘ib qiladigan mustaqil marketologni izlamoqdamiz
Vazifalar
- SmartUp tizimida savdo bazasini to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritish;
- SmartUp tizimidagi ma’lumotlarning aniqligi va dolzarbligini muntazam tekshirish;
- Savdo ko‘rsatkichlarini har kuni tahlil qilish va muhim o‘zgarishlarni aniqlash;
- Mahsulotlar, hududlar, mijozlar va savdo kanallari kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
- Savdo natijalari bo‘yicha oylik hisobotlarni tayyorlash;
- Savdo prognozi va mavjud ehtiyojlar asosida mahsulot buyurtmalarini shakllantirish;
- Rahbariyat so‘roviga asosan qo‘shimcha hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni tezkor tayyorlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- savdo tahlili, hisobotlar yoki ma’lumotlar bazasi bilan ishlash tajribasi (1 yildan ortiq);
- Excel/Power BI dasturida ishonchli ishlash ko‘nikmasi;
- O'zbek va russ tillarini bilish;
- mas’uliyat, aniqlik va belgilangan muddatlarga rioya qilish;
- SmartUp yoki Sales Doctor savdo dasturlarida ishlash tajribasi.
Bizning taklifimiz:
- Rasmiy ishga olish;
- O'z vaqtifa to'lanadigan oylik;
- Korporativ tushlik;
- Korporativ aloqa(telefon, sim karta);
- Yo'l kira harajatlarini qoplash;
- Korporativ orgtexnika (kompyuter, printer va boshqalar);
- Barqaror rivojlanish imkoniyati;
- Rivojlanayotgan kompaniyasida ishlash imkoniyati;