Ташкент, улица Богиравон, 55/1
AXIMO EDU SAT online Akademiyasi uchun tajribali sotuvchilar kerak, Ingliz tilini bilish katta ustunlik beradi
Majburiyatlar:
Faol savdo qilish va yangi mijozlarni jalb qilish;
Kiruvchi so‘rovlarni qayta ishlash va mijozlarga maslahat berish;
Muzokaralar olib borish hamda kompaniya mahsulot/xizmatlarini taqdim etish;
Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va mos yechim taklif qilish;
Mijozni savdoning barcha bosqichlarida kuzatib borish;
Belgilangan savdo rejasini bajarish;
CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish va hisobotlarni tayyorlash;
Mijozlarning e’tirozlari bilan ishlash va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish.
Talablar:
Savdo sohasidagi ish tajribasi ustunlik beradi;
Ravon va ishonchli nutq;
Muzokara olib borish va e’tirozlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
Natijaga yo‘naltirilganlik va yuqori daromad olishga intilish;
Mas’uliyatlilik, kommunikativlik va tashabbuskorlik;
Tez o‘rganish va yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish;
O‘zbek va rus tillarini bilish ustunlik beradi.
Sharoitlar:
Raqobatbardosh ish haqi: oylik maosh + KPI + savdodan bonuslar;
Daromadni oshirish imkonini beruvchi shaffof motivatsiya tizimi;
Mahsulot va savdo texnikalari bo‘yicha o‘qitish;
Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati;
Qulay ofis va ahil jamoa;
Rivojlanayotgan kompaniyada barqaror ish.