Kredit mutaxassisi / специалист по кредитам

Kredit mutaxassisi / специалист по кредитам

Ташкент

Описание вакансии

💳 KREDIT BO‘YICHA MUTAXASSIS KERAK!

🏢 TOSHKENT JEWELRY jamoasiga tajribali mutaxassisni taklif qilamiz!

Toshkent JEWELRY — tilla-taqinchoqlar savdosi va mijozlarga nasiya asosida xarid qilish imkoniyatlarini taqdim etuvchi kompaniya.

Bizga kredit/nasiya yo‘nalishini yaxshi tushunadigan, kredit tashkilotlari bilan ishlash tajribasiga ega va mijozning kredit olish imkoniyatini tekshira oladigan mutaxassis kerak.

🎯 ASOSIY VAZIFALARINGIZ:

— Mijozning kredit/nasiya olish imkoniyatini dastlabki baholash
— Mijoz ma’lumotlarini tekshirish va kredit tashkiloti talablariga mosligini aniqlash
— Kredit tashkilotlari va banklarning kredit mahsulotlari bilan ishlash
— Mijoz uchun mos kredit/nasiya variantini tanlash
— Kredit arizasini to‘g‘ri rasmiylashtirish va yuborish
— Kredit tashkilotidan keladigan javoblarni nazorat qilish
— Rad etilgan yoki tasdiqlanmagan arizalar bo‘yicha sabablarni aniqlash
— Kredit tashkilotlari vakillari bilan doimiy aloqa olib borish
— Mijozga kredit shartlari, to‘lovlari va talablarini tushuntirish
— Mijozni xaridni yakunlashgacha olib borish
— CRM tizimida barcha ma’lumotlarni yuritish
— Kunlik va oylik natijalar bo‘yicha hisobot topshirish

🏦 BIZ KIMNI QIDIRYAPMIZ?

✅ Kredit tashkiloti yoki bank bilan ishlash tajribasiga ega
✅ Kredit arizalarini tekshirish va rasmiylashtirishni biladigan
✅ Kredit skoringi va mijozning to‘lov qobiliyati tushunchalarini biladigan
✅ Kredit rad etilishining asosiy sabablarini tushunadigan
✅ Bank/kredit tashkilotlarining ichki jarayonlari bilan tanish
✅ Mijoz bilan telefon orqali professional muloqot qila oladigan
✅ Mijozni to‘g‘ri yo‘naltira oladigan
✅ Mas’uliyatli va diqqatli
✅ Kompyuter va CRM bilan ishlay oladigan
✅ Natijaga intiladigan

⭐ AFZALLIK BO‘LADI:

— Bank yoki mikromoliya/kredit tashkilotida ishlagan bo‘lsa
— Kredit brokeri yoki kredit mutaxassisi sifatida tajribasi bo‘lsa
— Bir nechta kredit tashkilotlari bilan ishlagan bo‘lsa
— Mijozga kredit tasdiqlanish ehtimolini oldindan baholay olsa
— O‘zining ishlaydigan/tanish bank yoki kredit tashkilotlari kontaktlari va hamkorlik tajribasi mavjud bo‘lsa

Muhim: bu yerda “o‘zining banki” deganda xodimning shaxsiy banki emas, balki oldindan ishlagan yoki aloqasi mavjud bo‘lgan bank/kredit tashkilotlari bilan professional ish tajribasi nazarda tutiladi.

💰 BIZ TAKLIF QILAMIZ:

🔥 Oylik: 37 000 000 so‘mgacha

💵 Fiks oylik + natijaga qarab bonus

📈 Daromadning yuqori chegarasi — sizning natijangizga bog‘liq!

Shuningdek:

🎓 Kredit va sotuv yo‘nalishida rivojlanish
📈 Karyera o‘sishi
🤝 Kuchli jamoa
🏆 Yuqori natijalar uchun qo‘shimcha rag‘batlar
💼 Barqaror ish va professional rivojlanish

⏰ ISH VAQTI

09:00 – 18:00

🏢 Ish formati: Offline — ofisda
📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza tarafida

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

TRIPLE R TECHNOLOGY
  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Рекомендуем
Oasis Credit
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем
PAYLATER
  • Ташкент

  • от 10000000 UZS

Рекомендуем
MENTO EDTECH
  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

CASH U MIKROMOLIYA TASHKILOTI МЧЖ
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

MENTO EDTECH
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Капиталбанк
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

LEADING BUSINESS SOFTWARE
  • Ташкент

  • до 45000000 UZS

Капиталбанк
  • Ташкент

  • до 45000000 UZS

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию