Triple R Academy jamoasiga
Sotuv managerlari izlayapmiz!
Triple R Academy — rivojlanib borayotgan trading va kriptovalyutalar akademiyasi. Biz har kuni odamlarga treydingni tushunishda yordam beramiz — va bu qadriyatni mijozlarga telefon orqali yetkazadigan operatorlar bizga kerak.
Sizning vazifalaringiz: - Mijozlar bilan telefon orqali faol muloqot qilish;
- Potensial mijozlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning ehtiyojlarini aniqlash;
- O‘quv kurslari haqida batafsil ma’lumot berish;
- Mijozning savollariga javob berish va e’tirozlar bilan ishlash;
- Mijozni kursga yozilishgacha olib borish va sotuvni yopish;
- CRM tizimida mijozlar bilan ishlash va ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish;
- Belgilangan sotuv rejasini bajarish va KPI ko‘rsatkichlariga erishish.
Biz kimni qidiryapmiz? - Sotuv sohasiga qiziqadigan;
- Telefon orqali erkin va ishonchli muloqot qila oladigan;
- O‘zbek va rus tillarida yaxshi gaplasha oladigan;
- Faol, kommunikativ va natijaga yo‘naltirilgan;
- Mijoz bilan ishlashni va odamlarni ishontirishni biladigan;
- Mas’uliyatli va intizomli;
- Yangi bilimlarni tez o‘zlashtira oladigan nomzod.
Sotuv bo‘yicha tajriba bo‘lishi afzallik, lekin majburiy emas.Muhimi — o‘rganishga bo‘lgan istak va natija ko‘rsatishga tayyorlik.
Biz taklif qilamiz:Oklad + KPI + sotuvdan bonus;
Daromadni oshirish imkoniyati;
Ishga kirgandan keyin to‘liq
o‘qitish va onboarding;
Sotuv bo‘yicha treninglar;
Karyera va professional o‘sish imkoniyati;
Faol va yosh jamoa;
Qulay va zamonaviy ish muhiti.
Ish grafigi: (Full-time) Ish jadvali: 10:00 – 19:00, 1/6
Agar siz odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirsangiz, telefon orqali mijoz bilan ishlashdan qo‘rqmasangiz va
qancha ko‘p natija qilsangiz, shuncha ko‘p daromad olishni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz!