Sotuv menejeri
MFaktor — O‘zbekistondagi yetakchi biznes maktablaridan biri. Biz biznes egalari, rahbarlar va mutaxassislar rivojiga hissa qo‘shamiz.
MFaktor jamoasiga natijaga yo‘naltirilgan va sotuv sohasida tajribaga ega Sotuv menejeri qidirmoqdamiz.
Vazifalar:
- Issiq lidlar bilan telefon orqali ishlash;
- Mijozlarga kurslarimizni taqdim etish;
- Mijoz e’tirozlari bilan ishlash;
- Sotuvni yakunlash;
- CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish;
- Belgilangan KPI va sotuv rejasini bajarish.
Talablar:
- Sotuv sohasida kamida 1 yil tajriba;
- Telefon orqali sotuv tajribasi;
- Issiq lidlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- KPI va sotuv rejasi bilan ishlash tajribasi;
- Muzokara olib borish va e’tirozlar bilan ishlash qobiliyati;
- Sotuvni yakunlash ko‘nikmasi;
- Natijaga yo‘naltirilganlik va mas’uliyat.
Biz taklif qilamiz:
- Daromad: 3 000 000 – 10 000 000 so‘m (oklad + KPI);
- Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati;
- Karyera va professional rivojlanish imkoniyati;
- MFaktor kurslarida bepul o‘qish;
- Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
- Kuchli va professional jamoada ishlash.
Agar siz sotuv sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz va natijangiz orqali yuqori daromadga chiqishni istasangiz, rezyumengizni yuboring.