dunyabunya-qurilish va pardozlash materiallarini sotish bilan shug‘ullanuvchi rivojlanayotgan kompaniya. Kompaniyamiz jamoasiga mas’uliyatli va tajribali Ta’minotchilarni taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar:
Mahsulot va materiallarni yetkazib beruvchilar bilan ishlash
Yangi yetkazib beruvchilarni izlash va mavjud hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish
Bozor narxlarini muntazam o‘rganish va tahlil qilish
Eng qulay narx va yetkazib berish shartlarini topish
Yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish
Shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Buyurtmalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va yetkazib berishni nazorat qilish
Ombor va savdo filiallarini mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash
Mahsulot qoldiqlarini nazorat qilish va zarur xaridlarni o‘z vaqtida rejalashtirish
Tarket,oboi,eshiklar, elektor instrumentlar,metall,taxta,shag'al sheben lar bilan ta'minlash
Talablar:
Ta’minot, xarid yoki sotib olish sohasida kamida 1-3 yil ish tajribasi
Qurilish va pardozlash materiallari bozorini bilish — afzallik
Bozorni tahlil qilish va narxlarni solishtirish qobiliyati
Muzokaralar olib borish ko‘nikmasi
Yetkazib beruvchilar bilan samarali ishlash qobiliyati
Mas’uliyatlilik, tezkorlik va halollik
Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasi