AI mutaxassis

AI mutaxassis

Ташкент, Шайхантахурский район, улица Улугбека, 107А

Описание вакансии

Sun'iy intellekt mutaxassisi, muhandisi (AI Engineer)

LEGO GROUP kompaniyasi operatsion jarayonlarni raqamlashtirish va innovatsion yechimlarni joriy etish maqsadida o'z jamoasiga tajribali AI Muhandisini (AI Engineer) qidirmoqda.
Iltimos e`lon talablarini diqqat bilan o`qing va mos kelmasangiz bezvota qilmang!!!
Online ish formati bo`yicha takliflarni ko`rib chiqmaymiz shuni inobatga oling!

Telegram orqali yoki telefon orqali murojaat qilmang, xabaringiz ko`rmasdan qoldiriladi!

Agar siz texnologiyalar orqali biznesni o'zgartirishga, qo'l mehnatini qisqartirishga va sun'iy intellekt asosida ishlovchi aqlli tizimlarni yaratishga qiziqsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!

Sizning asosiy vazifalaringiz:

  • Kompaniyaning turli bo'limlari (HR, moliya, savdo, operatsion bo'lim) ehtiyojlaridan kelib chiqib, ichki AI yordamchilar (AI Assistants/Chatbots) va sun'iy intellekt vositalarini ishlab chiqish hamda ularni integratsiya qilish, shuningdek uzluksiz, xatosiz ishlashini ta`minlash.

  • Xodimlarning takrorlanuvchi, operatsion va qo'l mehnati talab qiladigan vazifalarini AI texnologiyalari yordamida to'liq avtomatlashtirish.

  • Katta hajmdagi korporativ ma'lumotlar bazasi (RAG tizimlari) bilan ishlay oladigan mahalliy intellektual qidiruv va tahlil tizimlarini ishlab chiqish (zaruratga ko`ra).

  • Tayyor AI modellarini (OpenAI, Anthropic yoki ochiq manbali Llama, Mistral va boshqalar) kompaniyaning mavjud dasturlari va tizimlariga (ERP, CRM) integratsiya qilish.

  • Ishlab chiqilgan sun'iy intellekt vositalarining uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta'minlash hamda ularni optimallashtirib borish.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Sun'iy intellekt, Data Science yoki dasturlash sohasida kamida 1 yillik amaliy tajriba va real keyslar.

  • Python dasturlash tilini yuqori darajada bilish hamda sun'iy intellekt freymvorklari (LangChain, LlamaIndex, TensorFlow yoki PyTorch) bilan ishlash ko'nikmasi.

  • API'lar bilan ishlash va LLM (Katta til modellari) integratsiyasi bo'yicha kuchli amaliy tajriba.

  • Biznes mantig`ini tushunish: murakkab texnik jarayonlarni oddiy foydalanuvchilar (xodimlar) uchun tushunarli va qulay qilib yetkazib bera olish.

  • Mustaqil qaror qabul qila olish, muammolarga kreativ yechim topish va loyihani noldan oxirigacha olib borish layoqati.

Biz nima taklif qilamiz?

  • Bozor darajasida raqobatbardosh ish haqi (nomzodning tajribasiga qarab suhbat asosida belgilanadi).

  • Kompaniyaning raqamli transformatsiyasiga bosh bo'lish va yirik innovatsion loyihalarni boshqarish imkoniyati.

  • Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash uchun barcha zarur resurslar va budjet.

  • Ahil jamoa (bazida ish yuzasidan tortishuvlar bo`lishi tabiiy), qulay ofis va kompaniya hisobidan tushlik.

Iltimos e`lon talablarini diqqat bilan o`qing va mos kelmasangiz bezvota qilmang!!!
Online ish formati bo`yicha takliflarni ko`rib chiqmaymiz shuni inobatga oling!

Agar to`liq tanishib chiqqan bo`lsangiz muqova xati qoldiring, xatda o`zingiz haqingizda resumeda yo`q ma`lumotlar bilan bo`lishing, amaliy tajribangizdan kelib chiqib ishlanmalaringizga havolalar berish boshqa nomzodlarga nisbata ustunlik beradi.

Iltimos e`lon talablarini diqqat bilan o`qing va mos kelmasangiz bezvota qilmang!!!
Online ish formati bo`yicha takliflarni ko`rib chiqmaymiz shuni inobatga oling!

Muqova xati yuborganingizdan so`ng Siz bilan bog`lanib keyingi bosqichlarni muhokama qilamiz!

! Muqova xatida nuqta yoki 1 2 3 deb yozmang, salom berib javob kutmang, bitta xatda barchasini batafsil bayon qiling, vaqt Siz uchun ham biz uchun ham qimmatli

Bir birimiz uchun talablarimiz mos kelsa barcha uchun foydali ishlarni qilishga tayyormiz!

Навыки
  • Python
  • Деловая переписка
  • Деловое общение
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

KINGDOM ACADEMY
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем
Orient Finans Bank
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем

Muammoli kreditlar bilan ishlash bo'limi - mutaxassis

BIZNESNI RIVOJLANTIRISH MIKROMOLIYA TASHKILOTI

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем
HamkorBank

Ai Backend engineer

HamkorBank

  • Ташкент

  • до 50000000 UZS

HamkorBank

MLOps/Ai Engineer

HamkorBank

  • Ташкент

  • до 50000000 UZS

International Digital University
  • Ташкент

  • до 50000000 UZS

  • Ташкент

  • до 50000000 UZS

United Soft
  • Ташкент

  • до 10800000 UZS

TURKISH BABY
  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

  • Ташкент

  • от 5000000 UZS

Head of AI Cluster Coordination Department

New Uzbekistan University

  • Ташкент

  • от 5000000 UZS

АКБ Агробанк

NLP Team Lead (AI / LLM)

АКБ Агробанк

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

АО ANOR BANK

Senior AI Engineer

АО ANOR BANK

  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

  • Ташкент

  • от 7000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию