mTalim — Co-founder / CEO (Bosh direktor) qidiramiz
Bizga ta’lim sohasini yaxshi biladigan, kuchli networkingga ega va o‘qituvchi, repetitor, o‘quv markazi hamda ta’lim kontent yaratuvchilariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega, mTalimni bozorga olib chiqadigan va biznesga aylantiradigan hamkor izlayapmiz.
mTalim — maktablar, o‘quv markazlari va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim va boshqaruv SAAS platformasi.
Loyihaning asosiy texnik qismi ishlab chiqildi va platforma yaqinda ommaga taqdim etildi. Endi biz Go-to-Market, sales, marketing, monetizatsiya va masshtablash bosqichiga o‘tyapmiz.
Shu sababli jamoamizga biznes va savdo yo‘nalishini o‘z zimmasiga oladigan, kuchli liderlik va muzokara qobiliyatiga ega Co-founder / CEO izlayapmiz.
Sizning asosiy vazifangiz
Siz mTalimning biznes tomonini boshqarasiz.
Asosiy vazifalar:
- Mahsulotni bozorga chiqarish strategiyasini (Go-to-Market) ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Sales jarayonini noldan yaratish va tizimlashtirish;
- Mustaqil o‘qituvchilar, repetitorlar, ta’lim markazlari va boshqa education creatorlar bilan aloqa o‘rnatish;
- O‘qituvchilarni mTalimga jalb qilish va ularni platformada faol ishlashga olib kelish;
- O‘qituvchilarga pulli diagnostik testlar va boshqa ta’lim mahsulotlarini mTalim orqali sotish imkoniyatini taklif qilish;
- Telegram, Instagram va boshqa kanallar orqali customer acquisition tizimini qurish;
- Marketing kampaniyalari, hamkorlik va referral dasturlarini rivojlantirish;
- Sales funnel, CRM va asosiy biznes ko‘rsatkichlarini boshqarish;
- Yangi revenue manbalarini topish va sinab ko‘rish;
- Keyinchalik sales va business development jamoasini shakllantirish;
- Kompaniyaning biznes strategiyasini CTO/founder bilan birgalikda ishlab chiqish;
- Zaruratga qarab investorlar va strategik hamkorlar bilan muzokaralar olib borish.
Biz kimni qidiryapmiz?
Bizga shunchaki “CEO” lavozimini xohlaydigan odam emas, natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan rahbar kerak.
Talablar:
· Ta’lim sohasida kuchli networking va aloqalar bazasiga ega bo‘lish — o‘qituvchilar, repetitorlar, o‘quv markazlari rahbarlari, ta’lim bloggerlari, maktab va universitet vakillari bilan mavjud aloqalarga ega bo‘lish;
· Yangi odamlar bilan tez aloqa o‘rnatish va mavjud networking orqali mTalim uchun hamkorliklar yaratish;
- Ta’lim sohasidagi asosiy o‘yinchilarni yaxshi bilish va ularga bevosita chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish.EdTech, SaaS, digital product yoki boshqa texnologik mahsulotlarni sotish va rivojlantirish bo‘yicha tajriba;
- Kuchli sales va negotiation ko‘nikmalari;
- Odamlar bilan tez aloqa o‘rnata olish;
- O‘qituvchilar, repetitorlar va ta’lim sohasi vakillarining ehtiyojlarini tushuna olish;
- Sovuq qo‘ng‘iroq, Telegram/Instagram outreach va uchrashuvlardan qo‘rqmaslik;
- Tashabbuskorlik va yuqori darajadagi ownership;
- Mustaqil qaror qabul qila olish;
- Startap muhitida noaniqlik bilan ishlay olish;
- Natijaga yo‘naltirilgan fikrlash;
- CTO va texnik jamoa bilan samarali hamkorlik qila olish.
EdTech yoki SaaS sohasidagi 2–3 yillik tajriba katta ustunlik beradi, lekin biz uchun eng muhimi — real natija.
Agar siz avval biror mahsulotni sotgan, mijozlar olib kelgan, sales tizimi qurgan yoki biznesni o‘stirgan bo‘lsangiz — bu tajriba biz uchun juda qiziq.
Biz nima taklif qilamiz?
- Texnik jihatdan tayyor va ishlayotgan mTalim platformasi;
- Kuchli texnik jamoa va CTO;
- Biznes yo‘nalishida katta vakolat va mustaqillik;
- Co-founder / CEO statusi va kompaniyada equity;
- Kelishilgan moliyaviy motivatsiya + performance bonus;
- Mahsulotning biznes strategiyasiga bevosita ta’sir qilish imkoniyati;
- O‘sayotgan EdTech startupning asosiy rahbarlaridan biri bo‘lish imkoniyati.
Texnik qism sizning zimmangizda bo‘lmaydi. CTO va texnik jamoa mahsulotning texnologik tomonini boshqaradi. Siz esa biznes, sales, marketing va growth uchun javobgar bo‘lasiz.
Muvaffaqiyat qanday o‘lchanadi?
Sizning muvaffaqiyatingiz:
❌ nechta odam bilan gaplashganingiz bilan emas;
✅ qancha foydalanuvchi olib kelganingiz, nechta hamkorlik qilganingiz va qancha revenue yaratganingiz bilan o‘lchanadi.
Bu vakansiya siz uchun emas, agar...
- faqat topshiriq berilishini kutadigan bo‘lsangiz;
- sovuq qo‘ng‘iroq va yozishmalardan qochsangiz;
- rad javobidan tez taslim bo‘lsangiz;
- “men marketingchi emasman” deb salesdan uzoqlashsangiz;
- faqat CEO lavozimining nomi qiziqtirsa.
Lekin agar siz...
“Tayyor mahsulot bor. Menga imkoniyat va vakolat bering — men unga foydalanuvchi olib kelaman va biznesga aylantiraman.”
— deydigan odam bo‘lsangiz, biz aynan sizni qidiryapmiz.
Ariza uchun
- Ismingiz va yoshingiz;
- Qisqacha tajribangiz;
- Avval qilgan eng kuchli sales / growth / business natijangiz;
- Qaysi mahsulot yoki kompaniyani rivojlantirishda qatnashganingiz;
- Nima uchun aynan mTalim bilan ishlashni xohlashingiz;
- CV yoki LinkedIn profilingiz bo‘lsa, havolasini.
- Kimlar sizga tavsiyanoma bera oladi
Biz CV'dan ko‘ra, sizning real natijalaringizga ko‘proq e’tibor beramiz.