Kompaniyamiz jamoasiga tajribali, moslashuvchan va jamoada samarali ishlay oladigan Bosh hisobchi izlamoqda.
Talablar - Ish tajribasi: kamida 6 yil (shundan bosh hisobchi lavozimida tajriba afzallik hisoblanadi)
- Soliq, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar bo'yicha chuqur bilim
- 1C dasturi va boshqa buxgalteriya dasturlarida ishlay olish
- O'zgaruvchan sharoitlarga tez moslasha olish qobiliyati
- Kuchli jamoaviy ish ko'nikmalari, boshqa bo'limlar bilan samarali muloqot qila olish
- Mas'uliyatlilik, diqqatlilik va tashkilotchilik qobiliyati
- Rus tilida erkin (xotirjam) muloqot qila olish
- Ingliz tilini bilish - qo'shimcha ustunlik
Vazifalar - Kompaniyaning to'liq buxgalteriya hisobini yuritish
- Tabel, Oylik va daromadlarni xisoblab chiqarish va to’lov qilish
- Soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish
- Moliyaviy hisobotlarni tuzish va rahbariyatga taqdim etish
- Buxgalteriya bo'limi ishini nazorat qilish va tashkil etish
- Ichki audit va moliyaviy nazoratni ta'minlash
- Boshqa bo'limlar bilan hamkorlikda ishlash
Biz taklif qilamiz - Oylik maosh: 10 000 000 - 20 000 000 so'm (kelishuv asosida, nomzod tajribasiga qarab)
- Qulay ish sharoiti/ tushlik, kechki taom (oyda bir ro'zg'orlik paket)
- Kasbiy o'sish imkoniyati