Ташкент, Сергелийский район, улица Кумарык, 3/1
Event Manager — Sodiq School
Sodiq School Aeroport filiali jamoasiga ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyati kuchli Event Manageri izlayapmiz!
Agar siz tadbirni shunchaki tashkil qilmay, uning konsepsiyasidan tortib yakuniy natijasigacha barcha jarayonni boshqara olsangiz — sizni jamoamizda kutamiz.
📌 Vazifalar:
— Maktabning ichki va tashqi tadbirlarini to‘liq sikl asosida tashkil etish: g‘oya, rejalashtirish, tayyorgarlik, o‘tkazish va yakuniy tahlil;
— Tadbir konsepsiyasi, ssenariysi, dasturi, taymingi va batafsil rejasini ishlab chiqish;
— Tadbirlar uchun smeta va budjetni shakllantirish, xarajatlarni nazorat qilish;
— Tadbir o‘tkaziladigan joy, texnik ta’minot, dekoratsiya, catering, foto/video va boshqa xizmatlarni tashkil etish;
— Pudratchilar va hamkorlarni izlash, tanlash, muzokara olib borish va ishini nazorat qilish;
— Tadbir davomida barcha jarayonlarni muvofiqlashtirish va yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal qilish;
— Marketing, PR, HR, akademik va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilish;
— Tadbirdan keyin natijalarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash;
— Maktab tadbirlarining umumiy imiji, sifati va Sodiq School qadriyatlariga mosligini ta’minlash;
— Yangi va kreativ tadbir formatlarini taklif qilish hamda event-trendlarni kuzatib borish.
🎯 Biz kutamiz:
— Event Management sohasida kamida 1–2 yil tajriba;
— Tadbirlarni mustaqil ravishda A dan Z gacha tashkil qila olish;
— Kuchli tashkiliy va kommunikativ ko‘nikmalar;
— Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani boshqara olish;
— Smeta, budjet, checklist va tayminglar bilan ishlash ko‘nikmasi;
— Pudratchilar bilan muzokara olib borish va ularning ishini nazorat qilish qobiliyati;
— Mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik;
— Deadline va yuqori tempda ishlay olish;
— O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish; ingliz tilini bilish — ustunlik.
Qo‘shimcha ustunlik: ta’lim sohasidagi, konferensiya, forum, master-klass, bolalar va oilaviy tadbirlarni tashkil etish tajribasi.
💼 Biz taklif qilamiz:
— Rivojlanayotgan va zamonaviy ta’lim muhitida ishlash;
— Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyati;
— Qiziqarli va turli formatdagi loyihalar;
— Professional va do‘stona jamoa;
— Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati;
— Mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga qabul qilish.
📩 Agar siz “g‘oya → reja → tashkiliy jarayon → tadbir → natija” zanjirini mustaqil boshqara olsangiz botimiz orqali rezyumeyingizni yuboring!
Sodiq School — birgalikda yaxshi tadbir emas, yaxshi taassurot yaratamiz.
AKELA GROUP MACHINERY
Ташкент
до 8000000 UZS
DASM GROUP Uzbekistan
Ташкент
от 700 USD