Jahon School o‘z jamoasiga malakali va tajribali Informatika o‘qituvchisini qidirmoqda!
Agar siz o‘z faningizni yaxshi biladigan, maktab muhitida ishlash tajribasiga ega, zamonaviy texnologiyalarga qiziqadigan va o‘quvchilar bilan ishlashni yoqtiradigan mutaxassis bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif etamiz!
Asosiy vazifalar:
- Informatika fanidan o‘quv dasturi asosida sifatli va qiziqarli darslar o‘tish;
- O‘quvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- Zamonaviy pedagogik metodlar va raqamli texnologiyalardan dars jarayonida samarali foydalanish;
- O‘quvchilarning bilimini baholash, nazorat ishlari va amaliy topshiriqlarni tashkil etish;
- O‘quvchilarning individual qobiliyatlari va o‘zlashtirish darajasini hisobga olgan holda ishlash;
- Darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash;
- Maktabning ichki tartib-qoidalari va pedagogik standartlariga rioya qilish;
- O‘quvchilar bilan sog‘lom va ijobiy ta’lim muhitini shakllantirish.
Talablar:
- Informatika, axborot texnologiyalari yoki tegishli soha bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Informatika o‘qituvchisi yoki tegishli sohada kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Maktabda ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
- Informatika fanini chuqur bilish va uni o‘quvchilarga tushunarli tarzda yetkazib bera olish;
- Zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasi;
- Mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
- O‘quvchilar bilan samarali muloqot qila olish;
- Jamoada ishlash va o‘z ustida muntazam ishlashga tayyor bo‘lish.
Biz taklif qilamiz:
- Suhbat asosida belgilanadigan raqobatbardosh oylik maosh;
- Ish joyi: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
- Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha — 08:30–16:30;
- Shanba: 09:00–13:00, oyiga 2 marta;
- Mazali tushlik kompaniya hisobidan;
- Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
- Do‘stona jamoa, korporativ tadbirlar va timbildinglar;
- Zamonaviy va qulay maktab muhitida ishlash imkoniyati.