Описание вакансии
Jahon School — zamonaviy va innovatsion yondashuvga ega xususiy maktab bo‘lib, o‘quvchilarga yuqori sifatli ta’lim, kuchli ustozlar jamoasi va xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini taqdim etadi va ko'p yillik tajribaga ega geografiya fani o'qituvchilarini qidirmoqda.
Vazifalar:
– Maktab dasturi asosida geografiya fanidan darslarni tayyorlash va o‘tkazish;
– O‘quvchilarga individual yondashish va bilimlarini muntazam baholash;
– Zamonaviy va interaktiv metodlardan foydalanish;
– O‘quvchilarni olimpiada, tanlov va loyihalarga tayyorlash;
– Ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish;
– Ochiq darslar va maktab tadbirlarida faol ishtirok etish.
Sizdan kutamiz:
– Geografiya yoki pedagogika yo‘nalishida oliy ma’lumot;
– Ta’lim sohasida kamida 5 yil tajriba;
– Geografiya fanini chuqur bilish va o‘quvchilarga qiziqarli tarzda yetkazish;
– Zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llay olish;
– O‘zbek tilida ravon so‘zlashish;
– Rus va ingliz tillarini bilish — afzallik;
– Mas’uliyatlilik, sabr-toqat va bolalar bilan yaxshi ishlay olish.
Nima taklif qilamiz?
– Barqaror ish haqi — suhbat natijasiga ko‘ra;
– Tinchlik metrosi yaqinida qulay ish joyi — Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
– Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
– Bonuslar va mukofotlar;
– Treninglar va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
– Kuchli va do‘stona pedagoglar jamoasi;
– Zamonaviy texnika va uslubiy materiallar.
Qo‘shimcha afzallik:
✅ Fan bo‘yicha sertifikat, boy pedagogik tajriba, xorijiy til yoki IT ko‘nikmalarga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
✅ Dunyoni o‘quvchilarga geografiya orqali kashf ettirishni, ularni izlanishga va mustaqil fikrlashga undashni istasangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Посмотреть контакты работодателя