махаллинский сход граждан Хасанбой Гузари, улица ТХАЙ Ёкаси, 28
Sizning vazifalaringiz:
Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida Tarbiya fanidan darslarni yuqori saviyada tashkil etish;
O‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, odob-axloq, huquqiy hamda iqtisodiy madaniyat asoslarini shakllantirish;
Mashg‘ulotlarni faqat ma'ruza emas, balki qiziqarli keyslar, interaktiv o‘yinlar, psixologik treninglar va munozaralar (debating) shaklida o‘tish;
O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash, muloqot madaniyati va muammolarni hal qilish (soft skills) ko‘nikmalarini rivojlantirish;
O‘quvchilarning darsdagi faolligini xolis baholash va ota-onalar bilan o‘quvchining shaxsiy o‘sishi bo‘yicha muloqot qilib borish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy pedagogik, gumanitar yoki ijtimoiy-siyosiy ma’lumot (Pedagogika, Tarix, Milliy g‘oya/Ma’naviyat, Psixologiya, Falsafa yo‘nalishlari);
Maktablarda Tarbiya fanidan dars berish bo‘yicha kamida 3-6 yillik ish tajribasi;
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodika va multimedia vositalari (proyektor, elektron doska) bilan ishlash ko‘nikmasi;
Bolalar psixologiyasini yaxshi bilish, sabr-toqatli va adolatli bo‘lish;
O‘zbek tilini mukammal bilish (rus tilini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi).
Biz nimalarni taklif etamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;
Bilim va tajribangizga mos ravishda doimiy va o‘z vaqtida beriladigan munosib ish haqi;
Professional o‘sish, doimiy treninglar va tajribali pedagoglar davrasida ishlash imkoniyati;
Shinam sharoitlar, ahil jamoa.
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 7000000 UZS
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 15000000 UZS
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 15000000 UZS
Ташкент
до 10000000 UZS
AHMAD INTERNATIONAL SCHOOLS IN TASHKENT
Ташкент
до 10000000 UZS