Tur Agent (Chiqish Turizmi bo‘yicha)
📍Ish joyi: Toshkent shahri
Sayohat xizmatlari sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega Zukhro Travel bugungi kunda o‘z sohasida ishonchli va barqaror rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Biz uchun eng katta qadriyat — bu kuchli jamoa, doimiy rivojlanish va katta natijalarga birgalikda erishishdir. Agar siz oddiy ish emas, balki o‘sish, yangi imkoniyatlar va ilhom baxsh etadigan muhit izlayotgan bo‘lsangiz, Zukhro Travel siz uchun ayni mos joy. Bu yerda siz tajribali mutaxassislar bilan ishlash, xalqaro turizm sirlarini o‘rganish, infoturlarda qatnashish va har kuni yangi orzularni ro‘yobga chiqarayotgan jamoaning bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Biz bilan birga ishlash — bu nafaqat mijozlarga unutilmas sayohatlar taqdim etish, balki o‘z kelajagingizni, tajribangizni va muvaffaqiyatingizni qurish demakdir.
📌 Vazifalar
- Mijozlarga tur paketlari, vizalar va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha maslahat berish;
- Tur paketlarini sotish va mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish;
- Aviachiptalar, mehmonxonalar, transfer va sug‘urta xizmatlarini rasmiylashtirish;
- CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish;
- Savdo natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash;
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun foto va video kontentlarda ishtirok etish;
- Infoturlarda qatnashib, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va malakani oshirish.
💼 Talablar - Turizm sohasida kamida 2 yillik tajriba
- Chiqish turizmi, viza jarayonlari va turistik mahsulotlar bo‘yicha bilim
- Avialiniyalar, mehmonxonalar, transfer va sug‘urta xizmatlari bo‘yicha tushuncha
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot (ingliz tili afzallik)
- MS Office (Word, Excel) bilan ishlash ko‘nikmasi
- CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi afzallik beradi
- Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni tushunish
- Kamera oldida erkin chiqish va kontent yaratishda ishtirok etishga tayyorlik
- Sotuv va mijozlar bilan ishlash tajribasi
- Xizmat safarlari va xorijiy infoturlarda qatnashishga tayyorlik
🤝 Soft Skills - Kuchli kommunikatsiya va muzokara ko‘nikmalari
- Mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv
- Mas’uliyat, intizom va halollik
- Natijaga yo‘naltirilgan fikrlash va sotuvga qiziqish
- Muammolarni tez va samarali hal qilish qobiliyati
- Jamoada ishlash va vaqtni samarali boshqarish
- Stressli vaziyatlarda ishlash va tez moslashish qobiliyati
💎 Biz taklif qilamiz - Rasmiy ishga qabul qilish
- 5 000 000 – 10 000 000 so‘m va undan yuqori (fix + KPI yuqori komissiya)
- Doimiy o‘quv va malaka oshirish imkoniyati
- Kompaniya hisobidan ichki va xorijiy infoturlarda ishtirok etish
- Karyera o‘sishi va professional rivojlanish
- Zamonaviy ofis va do‘stona jamoa
🕗 Ish vaqti - 6/1 ish jadvali
- 09:00 – 18:00
📍Manzil: Toshkent shahri.
Agar siz o'zingizni bizning jamomizga mos deb o'ylasangiz, o'z rezyumengizni telegram orqali raqamiga yuboring!