Ташкент, Учтепинский район, Малая кольцевая дорога, 146В
Kompaniya haqida
Hercules — 2005-yildan buyon avtomobil ehtiyot qismlari bozorida faoliyat yuritib kelayotgan kompaniya. 20 yildan ortiq vaqt davomida mijozlarimizga original hamda sifatli analog avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib kelmoqdamiz.
Biz uchun eng muhim qadriyatlar — sifat, halollik va mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko'rsatish.
Mijozlarga avtomobil ehtiyot qismlarini tanlash bo'yicha maslahat berish.
Do'konda va telefon orqali ehtiyot qismlar savdosini amalga oshirish.
Buyurtmalarni qabul qilish, rasmiylashtirish va kuzatib borish.
Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish.
Savdo zalidagi tartib va mahsulotlar joylashuvini nazorat qilish.
Elektron kataloglar va ichki hisob tizimi bilan ishlash.
Savdo sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
Avtomobillarga qiziqish va ushbu yo'nalishda rivojlanish istagi.
Avtomobil tuzilishi hamda ehtiyot qismlarini bilish ustunlik beradi.
Kompyuterdan ishonchli foydalana olish (MS Office, Excel).
Rus tilini erkin bilish.
Xushmuomalalik, mas'uliyat va intizomlilik.
Jamoada ishlash ko'nikmasi.
Natijaga intilish va yangi bilimlarni o'rganishga tayyorlik.
20 yildan ortiq tajribaga ega barqaror kompaniyada ishlash.
Oylik maosh — 4 000 000 so'm (fiksa) + sotuv natijalariga qarab qo'shimcha bonuslar.
Bepul tushlik.
Kasbiy va martaba jihatidan o'sish imkoniyati.
Ahil va qo'llab-quvvatlovchi jamoa.
Zamonaviy va qulay ish muhiti.
Agar siz avtomobil olamiga qiziqsangiz, savdo sohasida tajribangiz bo‘lsa va ushbu yo‘nalishda rivojlanishni istasangiz — bizning jamoamizga qo‘shiling!
YATT XAMRAYEV SHERZOD IZATULLA O`G`LI
Ташкент
до 10000000 UZS
TUMANOV SUNNAT RUSTAMOVICH
Ташкент
до 10000000 UZS