Risk menejment departamenti direktori o’rinbosari

Risk menejment departamenti direktori o’rinbosari

Ташкент

Описание вакансии

Vazifalar:

  • Bankda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit, likvidlilik, bozor, operatsion, model, mamlakat, ekologik, ijtimoiy va iqlim risklari bo‘yicha metodologiyalar hamda vositalarni ishlab chiqish va ularning doimiy ravishda takomillashtirilishini ta’minlash;
  • bankda ikkinchi himoya chizig‘i tamoyili asosida mustaqil risk nazoratini amalga oshirish hamda biznes bo‘linmalari tomonidan qabul qilinayotgan risklar yuzasidan asoslantirilgan xulosalar berish;
  • risk-appetit bayonotini ishlab chiqish, kamida yiliga bir marotaba qayta ko‘rib chiqish hamda bank strategiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash;
  • risklarning oʻz vaqtida aniqlanishi, baholanishi, monitoring qilinishi va ular boʻyicha hisobot tayyorlanishi hamda mazkur tavakkalchiliklarning kamaytirilishini taʼminlash;
  • Erta ogohlantirish (EWS) tizimini ishlab chiqish, indikatorlar monitoringini tashkil etish hamda signal holatlari yuzasidan tezkor eskalatsiyani amalga oshirish;
  • aktivlar sifatini tasniflash hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish amaliyotining maqbulligini baholab borish;
  • yangi mahsulot va xizmatlar hamda joriy qilinishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan bogʻliq risklar yuzasidan xulosalar tayyorlash;
  • bankda yuzaga keluvchi risklar bo’yicha har chorakda stress-testlar oʻtkazish, hamda natijalar asosida limitlar, risk-appetit va kapitalga ta’sirini baholash;
  • yilda kamida bir marotaba bankning risk-profilini va uni bankning risk-appetiti hamda tavakkalchilik chegaralariga muvofiqligini baholash;
  • bankda mavjud yoki yuzaga kelishi kutilayotgan risklar hamda ularni kamaytirish yuzasidan hisobotlarni Kuzatuv kengashi va Risklarni boshqarish qoʻmitasiga har chorakda, Bank boshqaruviga har oyda kamida bir marotaba kiritish;
  • bank xodimlari risk madaniyatini oshirish maqsadida har chorakda kamida bir marotaba trening yoki oʻquv seminarlarini tashkil etish;
  • prudensial normativlarni va XMI tomonidan belgilangan kovenantlarni tahlil qilib borish va taqdim etiladigan hisobotlarda ular bilan bogʻliq risklar hamda ularni bartaraf etishga doir takliflarni kiritib borish;
  • risklarni aniqlash, oʻlchash, monitoring va nazorat qilish, shuningdek stress-testlarni oʻtkazishga moʻljallangan bank ichki modellarining ishonchliligi va samaradorligini muntazam ravishda baholash;
  • risklarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish, ma’lumotlar sifati, to‘liqligi va hisobotlar ishonchliligini nazorat qilish. Avtomatlashtirish darajasi har chorakda oshirib borilishini ta’minlash;
  • risk-appetit ko‘rsatkichlari va limitlar buzilganda yoki buzilish ehtimoli aniqlanganda tegishli rahbariyat va kollegial organlarga zudlik bilan eskalatsiya qilish hamda tuzatuvchi tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • kredit risklarini oldini olish maqsadida tashqi konyukturani doimiy tahlil qiladi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi yoki tashqi bozorlardagi nobarqaror vaziyatlar aniqlanganda mazkur sohalarga kredit ajratishni cheklash bo‘yicha taklif hamda skoring/reyting modeliga tegishli o’zgartirish kiritish chorasini ko’radi;
  • risk darajasi oshayotgan kreditlarning iqtisodiyotning qaysi sohasiga tegishliligini, muammoga aylanganlik sababini o‘rganish natijasida tegishli xulosalar qiladi va takliflar kiritadi;
  • Bosh bank kollegial organlari ko‘rib chiqishi uchun kredit (kafolat, faktoring, lizing) ajratish bilan bog’liq amaliyotlar bo’yicha loyiha risklari to‘g‘risida hulosa taqdim etadi;
  • mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning skoring/reyting modelini ishlab chiqadi va modelning samaradorligini doimiy tahlil qilish orqali takomillashtirib boradi;
  • kredit portfelining tarmoqlar, hududlar, mahsulotlar hamda yirik qarzdorlar kesimidagi konsentratsiya risklarini monitoring qilish va limitlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • ESG hamda iqlim risklarini bankning umumiy risk boshqaruv tizimiga integratsiya qilish va monitoringini tashkil etadi;
  • ICAAP (Kapitalning yetarliligini ichki baholash jarayoni)ni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi.

Talablar:

  • Risk menejment, matematika, statistika, bank ishi, moliya yoki iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr/magistr darajasi;
  • Kredit riski bo'yicha risk menejer, anderrayter yoki kredit tahlilchisi lavozimlarida kamida 7 yillik tajriba, rahbarlik lavozimida 3 yillik tajriba;
  • Stop faktorlar, skoring, moliyaviy risklar va ularni boshqarish, kredit portfeli tahlilini mukammal tushunish;
  • Risklarni boshqarish bo’yicha Markaziy bank talablarini bilish;
  • Xodimlarni rivojlantirish, o’qitish va mentorlik qilish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish;
  • Markaziy bank inspeksiyalari, tashqi auditorlar va xalqaro moliya institutlari bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlash tajribasi;
  • FRM/PRM sertifikati egalariga ustunlik beriladi;
  • Ma'lumotlarni tahlil qilish vositalari (Excel, Power BI, SQL, Python yoki shunga o‘xshash platformalar) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
  • Til bilish: o‘zbek tili – mukammal, ingliz va rus tillari – yaxshi.
  • Kommunikatsion, tahliliy, tanqidiy fikrlash va stressga chidamlilik ko‘nikmalari.
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

ABABIN
  • Ташкент

  • от 24000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Рекомендуем
JAHON SCHOOL

HR-menejer

JAHON SCHOOL

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Рекомендуем
Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Digitstat MCHJ direktori -“Raqamli statistika markazi”

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • от 30000000 UZS

AVO.UZ
  • Ташкент

  • от 30000000 UZS

Национальный межбанковский процессинговый центр

Специалист по операционным рискам (Operational Risk Officer)

Национальный межбанковский процессинговый центр

  • Ташкент

  • от 30000000 UZS

Национальный межбанковский процессинговый центр

Специалист по IT-рискам (IT Risk Officer)

Национальный межбанковский процессинговый центр

  • Ташкент

  • от 30000000 UZS

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Национальный межбанковский процессинговый центр

BI аналитик по рискам (Risk BI Analyst)

Национальный межбанковский процессинговый центр

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Ipotekabank OTP Group

Team Lead ML Engineer (Risks)

Ipotekabank OTP Group

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Ipotekabank OTP Group

Data Engineer (Risk Department)

Ipotekabank OTP Group

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

NAJOT TA’LIM MARKAZI

Akademik menejer

NAJOT TA’LIM MARKAZI

  • Ташкент

  • до 1000 USD

Kontent Menejer

Prime stars media (Ahmadjonov Davronbek Alisherovich)

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию