Digitstat MCHJ direktori -“Raqamli statistika markazi”

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Digitstat MCHJ direktori -“Raqamli statistika markazi”

Ташкент, Мирзо-Улугбекский район

Описание вакансии

Raqamli statistika markazi MCHJ jamoaga Direktor taklif etadi!

Milliy statistika qo'mitasi huzuridagi Raqamli statistika markazi MCHJ — statistika sohasini raqamlashtirish yo'nalishida faoliyat yurituvchi tashkilotning strategik rivojlanishiga hissa qo'shishga tayyor bo'lgan, energiyali va tajribali rahbarni Direktor lavozimiga taklif etadi.

Lavozim majburiyatlari:

  • Milliy statistika tizimini raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; AI va Big Data asosidagi yechimlarni joriy etishni ta'minlash.
  • my.stat.uz va geofazoviy portal faoliyatini tashkil etish, raqamli xizmatlar ulushini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va nazorat qilish.
  • "Survey as a Service" modeli va autsorsing asosida statistik kuzatuvlar, ijtimoiy va marketing tadqiqotlar, elektron so'rovnomalar o'tkazish xizmatini yo'lga qo'yish va rivojlantirish.
  • Statistik va idoraviy registrlarni yaratish, integratsiya qilish va takomillashtirishni qonunchilik talablari doirasida ta'minlash.
  • Tadqiqotchilar va boshqa foydalanuvchilar uchun anonimlashtirилган mikroma'lumotlarni raqamli taqdim etish tizimini joriy etish va nazorat qilish.
  • Yuridik va jismoniy shaxslar bilan statistik, konsalting, tahliliy, axborot va nashriyot xizmatlarini shartnoma asosida rivojlantirish, yangi mijozlarni jalb etish va daromadlarni oshirish.

Malakaviy talablar:

  • Axborot texnologiyalari, axborot tizimlari, data science, amaliy matematika, statistika, iqtisodiyot yoki raqamli transformatsiya sohasida oliy ma'lumot;
  • Raqamlashtirish, axborot tizimlari, ma'lumotlarni boshqarish, raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish yoki IT-loyihalar sohasida kamida 5 yillik umumiy ish staji;
  • Kamida 3 yillik rahbarlik ishi tajribasi;
  • Raqamli platformalar, portallar, registrlar, integratsiya yechimlari yoki davlat axborot tizimlarini ishga tushirish, modernizatsiya qilish yoki yuritish bo'yicha tasdiqlangan tajriba;
  • Ma'lumotlar arxitekturasi, API-integratsiyalar, axborot tizimlarining davomiyligini, kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoyasi haqida tushunchaga ega bo'lish;
  • To'liq bosqichli loyihalarni boshqarishda amaliy tajriba: konsepsiya, texnik topshiriq, ishlab chiqish, sinov, ishga tushirish va texnik xizmat ko'rsatish;
  • O'zbek va rus tillarini bilish; ingliz tilini bilgan nomzodlarga afzallik beriladi.

Afzalliklar:

  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • Davlat boshqaruv tizimida shaxsiy va kasbiy rivojlanish;
  • Yuqori Malakali mutaxasisslar bilan ishlash va muhim davlat loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
  • Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan munosib ish haqi;
  • Ish jadvali: 5/2, to'liq ish kuni;
  • Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar;
  • Qulay ish joyi va ahil jamoa;
  • Tashkilot hisobidan malaka oshirish va o‘quv dasturlarida qatnashish.
Навыки
  • Цифровая трансформация
  • Цифровое право
  • Cистемы управления базами данных
  • Управленческие навыки
  • Управленческая отчетность
  • Планирование
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

ABABIN
  • Ташкент

  • от 24000000 UZS

Рекомендуем

Risk menejment departamenti direktori o’rinbosari

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • от 24000000 UZS

Рекомендуем
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию