"Jahon School" maktabi strategik maqsadlarini qoʻllab-quvvatlaydigan, tashkiliy rivojlanish va barcha HR-jarayonlarni noldan tizimlashtiradigan hamda boshqaradigan tajribali HR-menejer qidirmoqda.
Asosiy vazifalaringiz:
- Maktab uchun yagona HR siyosatini ishlab chiqish va doimiy yangilab borish.
- TOP-menejment, akademik va administrativ darajadagi muhim vakansiyalarni yopish (Sorsing, LinkedIn, Background check).
- Barcha xodimlarni tanlash, suhbat jarayonlarini tashkil qilish va ishga qabul qilishni (rekruting) nazorat qilish.
- Yangi xodimlarni moslashtirish, baholash va rivojlantirish jarayonlarini tashkil qilish.
- Xodimlar uchun KPI va motivatsiya tizimini samarali yoʻlga qoʻyish.
- Mehnat ta’tillari jadvalini yuritish, o‘rinbosarlik tartibini muvofiqlashtirish va hujjatlashtirishni nazorat qilish.
- HR-tahlil va avtomatlashtirish (HRM/CRM joriy etish).
- Korporativ madaniyat, timbildinglar va xodimlar bilan 1-on-1 suhbatlar tizimini boshqarish.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar:
- HR Generalist yoki HR-menejer (yirik tizimli kompaniyalarda) lavozimlarida kamida 3-5 yillik muvaffaqiyatli ish tajribasi (Ta'lim sohasidagi ish tajribasi afzallik beradi).
- Tashkiliy rivojlanish koʻnikmalari: Kompaniyada jarayonlarni noldan qurish, yoʻriqnomalar, reglamentlar va siyosatlarni (HR Policy) ishlab chiqish tajribasi.
- Rahbarlar darajasidagi (C-level) kadrlarni suhbatdan oʻtkazish, tavsiyanomalar va ularning sabablarini tizimli tahlil qilish (Eski ish joyidan nimaga ketayotganini chuqur oʻrganish koʻnikmasi).
- KPI, motivatsiya va xodimlarni baholash tizimlarini ishlab chiqish hamda joriy etish boʻyicha amaliy keyslar (portfolioga ega boʻlish).
- Yuqori liderlik va boshqaruv qobiliyati, tizimli fikrlash, muammoli va nizoli vaziyatlarni boshqara olish.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
- Barqaror va o‘z vaqtida ish haqi (intervyu asosida belgilanadi);
- Ish grafigi: 9:00-18:00 (shanba yarim kun)
- Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
- Doimiy kasbiy rivojlanish, treninglar, seminarlar;
- Quvnoq va kuchli jamoaviy muhit;
- Texnika va uslubiy materiallar bilan to‘liq ta’minot;
- O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun qulay sharoit;
- Kompaniya hisobidan bepul tushlik;
- Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari;
- Jamoaviy tadbirlar, korporativlar, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.