Ташкент, жилой комплекс NRG U-Tower
Glamour Cosmetics — 9 yildan buyon O‘zbekiston kosmetika bozorida faoliyat yuritib kelayotgan distribyutorlik kompaniyasi.
Kompaniyamiz Hindistonning Trichup, Koreyaning Tony Moly va Turkiyaning NOTE brendlarining O‘zbekistondagi yagona rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Biz jamoamizni kengaytirmoqdamiz va faol, mas’uliyatli hamda natijaga intiluvchi nomzodlarni taklif qilamiz.
Vazifalar:
— Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bilan ishlash
— Mijozlarga kosmetika mahsulotlari haqida ma’lumot berish
— Buyurtmalarni qabul qilish va tizimga kiritish
— Mijozlar savollariga xushmuomala va aniq javob berish
— Buyurtmalar holatini nazorat qilish
— Mijozlar bazasi bilan ishlash
— Sotuv bo‘limi bilan hamkorlikda ishlash
Talablar:
— O‘zbek va rus tillarida muloqot qila olish
— Telefonda ravon, yoqimli va aniq gapira olish
— Xushmuomalalik va mas’uliyatlilik
— Kompyuterda ishlash ko‘nikmasi
— Tez o‘rganish va jamoada ishlash qobiliyati
— Call-center yoki sotuv tajribasi bo‘lsa, ustunlik beradi
— Kosmetika sohasiga qiziqish bo‘lsa, yaxshi
Biz taklif qilamiz:
— Barqaror kompaniyada doimiy ish
— Qulay lokatsiyava ofis muhiti
— O‘z vaqtida ish haqi
— Do‘stona jamoa
— Ish jarayonida o‘rgatish va ko‘mak
— Professional rivojlanish imkoniyati
Agar siz muloqotga kirishuvchan, tartibli va natijaga ishlaydigan bo‘lsangiz — Glamour Cosmetics jamoasiga qo‘shiling!
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 15000000 UZS
«NATIONAL INNOVATIVE PAYMENT TECHNOLOGIES» (ATMOS)
Ташкент
от 4000000 UZS