Комьюнити-менеджер/менеджер по переписке в чатах

Комьюнити-менеджер/менеджер по переписке в чатах

Ташкент, Чиланзарский район, улица Чиланзар

Описание вакансии

Komyuniti-menejer / yozishmalar bo‘yicha menejer qidiramiz

📍 Ish formati: masofadan turib
📍 Yo‘nalish: tibbiy xizmatlar, shifokorlarning shaxsiy brendlari
📍 Loyihalar: klinika, shifokor va onlayn do‘konning 3 ta Instagram va Facebook аккаунти

Biz bemorlarning xabarlari va izohlariga javob bera oladigan, tayyor skriptlar asosida muloqot olib boradigan va murojaatlarni leadga aylantira oladigan mas’uliyatli komyuniti-menejer izlayapmiz.

Asosiy vazifa:
Bemorning telefon raqamini yoki Telegram’ga ulangan raqamini olish va maxsus forma orqali leadni amoCRM tizimiga kiritish.

Vazifalar:
• Instagram va Facebook’dagi izohlar va xabarlarga javob berish
• Meta Business Suite / Business Manager orqali telefon yoki kompyuterda ishlash
• Tayyor skriptlar asosida yozishmalar olib borish
• Bemorlar bilan o‘zbek tilida muloqot qilish
• Bemorning shikoyati, ehtiyoji va so‘rovini aniqlash
• Klinika, shifokorlar, xizmatlar va davolash haqida ma’lumot berish
• Telefon raqamini muloyim va tabiiy tarzda so‘rash
• Raqam olingandan so‘ng bemor ma’lumotlarini CRM tizimiga kiritish
• Agar bemor raqam qoldirmasa, muloyim tarzda suhbatni davom ettirib, arizagacha olib borish
• Murakkab savollar bo‘lsa, Telegram orqali shifokor bilan bog‘lanish va javobni bemorga yetkazish
• Ba’zan shifokor nomidan matnli yoki ovozli xabar yuborish
• Hech bir izoh yoki kiruvchi xabar javobsiz qolmasligini nazorat qilish
• Ish vaqtida yangi murojaatlarga tezkor javob berish

Ishning asosiy maqsadi:
Bemor kontaktini olish va tizimda lead yaratish.

Talablar:
• Yozishmalar, Direct, savdo, call-markaz yoki mijozlar bilan ishlash bo‘yicha tajriba majburiy
• Rus va o‘zbek tillarini bilish majburiy
• Savodli yozma nutq
• Tez, muloyim va tushunarli yozisha olish
• Suhbatni natijagacha olib bora olish
• Xabarlarga tezkor javob berish
• Har bir lead uchun mas’uliyat
• Skriptlar asosida qat’iy ishlay olish
• Instagram, Facebook va Meta Business Suite’ni bilish majburiy
• Barqaror internet, telefon va/yoki kompyuter mavjud bo‘lishi kerak
• E’tiborli, intizomli bo‘lish va dialoglarni yo‘qotmaslik

Sharoitlar:
• Masofaviy ish
• Ish jadvali: dushanba–shanba
• Ish vaqti: 17:00 dan 23:00 gacha
• 3 ta аккаунт bilan ishlash
• Tayyor skriptlar va yo‘riqnomalar beriladi
• Oylik: 3 000 000 so‘m
• Tibbiyot yo‘nalishidagi ish
• Aniq vazifalar va lead topshirish tizimi

Muhim:
Bizga shunchaki xabarlarga javob beradigan emas, balki suhbatni natijagacha olib bora oladigan odam kerak. Ishning asosiy ko‘rsatkichi — bemorlarning raqamlari va topshirilgan leadlar.

Tajriba bo‘lmasa, murojaat qilmaslikni so‘raymiz.

Навыки
  • Активные продажи
  • Деловая переписка
  • Работа с базами данных
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

  • Ташкент

  • до 16000000 UZS

Рекомендуем

Менеджер по продажам / Sotuv menejeri

YATT MIRZOXIDOV KAMRONMIRZO MIRZABOTIR O‘G‘LI

  • Ташкент

  • до 17000000 UZS

YATT BARABANAU ARTUR
  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

Менеджер колл-центра

Студия аппаратной коррекции фигуры AİURU

  • Ташкент

  • от 3000000 UZS

  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

Wings Distribution Company
  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

BRESSO
  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

MAILFIT
  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

Тарба Виталий Георгиевич

HR менеджер

Тарба Виталий Георгиевич

  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

SMM-менеджер

DAVR-SMART-SERVICE

  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

КСК-Эйч Ар

Event / BTL Manager

КСК-Эйч Ар

  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

Avdo Consulting Ltd
  • Ташкент

  • до 3000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию