Kompaniya haqida
«Miray» — qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish bo'yicha O'zbekistondagi yetakchi kompaniyalardan biri. Mahsulotlarimiz butun mamlakat bo'ylab hamda, 20 dan ortiq chet davlatlariga yetkazib beradi va jamoamiz o'sishda davom etmoqda. Biz ishlab chiqarish, savdo va texnik bo'limlarni to'ldirish hamda samarali yollash jarayonini yo'lga qo'yishga yordam beradigan HR-mutaxassisni qidiryapmiz.
Asosiy vazifalar
- Arizadan xodimning ishga kirishigacha bo'lgan to'liq yollash jarayonini boshqarish — savdo vakillari, supervayzerlar, texnologlar, sex ishchilari va boshqa lavozimlar
- hh.uz, Telegram kanallar, ijtimoiy tarmoqlar, to'g'ridan-to'g'ri qidiruv va referal dasturlar orqali nomzodlar bazasini shakllantirish
- Skreening va tuzilgan intervyular o'tkazish, nomzodning lavozimga va korporativ qadriyatlarga mosligini baholash
- Bo'lim rahbarlari bilan hamkorlik qilish: ehtiyojlarni aniqlash va nomzod profillarini kelishish
- Yangi yo'nalishlar ochilganda yoki mavsumiy yuklama ortganda ommaviy yollashni tashkil etish
- Nomzodlar bazasini va HR hisobotlarini yuritish: vakansiyani yopish muddati, yollash xarajatlari, kadrlar almashinuvi
- Yangi xodimlarni moslashtirishda yollash rahbarlari bilan birgalikda ishtirok etish
Talablar
- Xodim tanlash sohasida 1 yildan ortiq tajriba — FMCG, ishlab chiqarish yoki chakana savdodagi tajriba afzal
- Turli darajadagi lavozimlarni yopish tajribasi: ishchi mutaxassisliklaridan tortib liniyaviy rahbarlargacha
- O'zbek va rus tillari — majburiy;
- Bir vaqtda bir nechta vakansiya bilan ishlash va muddatlarga rioya qilish qobiliyati
- Kompetensiyalar bo'yicha intervyu o'tkazish va nomzodlarni tuzilgan baholash ko'nikmalari
- hh.uz, Telegram va ofis dasturlaridan (Excel / Google Sheets) ishonchli foydalanish
Taklifimiz
- Oylik maosh 5 000 000 so'm fiksa va KPI asosida bonuslar
- O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq rasmiy ro'yxatga olish
- HR-funksiya doirasida real martaba o'sish imkoniyatlari mavjud barqaror kompaniya
- Xodimlar uchun korporativ mahsulotlar va chegirmalar
- Toshkentdagi zamonaviy ofis, do'stona jamoa
- Rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlash va kompaniya HR-jarayonlariga ta'sir ko'rsatish imkoniyati