Ташкент, Мирзо-Улугбекский район
Lavozimiy majburiyatlari:
1. Bo‘lim faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishida rahbarlik qilish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
2. Bo‘lim faoliyatiga doir masalalarning tezkor yigʻilishlarda muhokama qilinishida hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;
3. Bo‘limga yuklatilgan topshiriq va vazifalarni bajarish yuzasidan qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy boshqarmalari, qo‘mita tizimidagi tashkilotlardan xizmat maqsadlarida foydalanish va ishni tashkillashtirish uchun belgilangan tartibda zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan huquqiy ekspertizani, xususan, ularning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, oʻzgartirish va bekor qilishda ishtirok etish;
5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, tayyorlash, koʻrib chiqish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda xorijiy tajribani oʻrganish;
6. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish va yuritish;
7. Faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
8. Lavozim yoʻriqnomasi va qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.
Malakaviy talablar:
1. Huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tugallangan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
2. Yuridik yoʻnalishi boʻyicha kamida 3 (uch) yil, shundan 1 (bir) yil respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarida ish stajiga ega boʻlishi;
3. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi:
Konstitutsiya, normativ-huquqiy hujjatlar, fuqarolik, fuqarolik-protsessual, mehnat, moliya, soliq, maʼmuriy, rasmiy statistika, iqtisodiy-protsessual, jinoyat huquqi normalarini va yuridik texnikani, ish yuritishni, sud-da’vo ishlarini yuritishni bilishi va ish faoliyatida qoʻllash koʻnikmalari shakllanganligi;
4. O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib borishi, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
5. Jamoa bilan ishlash, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borish, oʻzaro tajriba almashgan holda ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borish koʻnikmalariga ega boʻlishi, xushmuomala boʻlishi va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʻlishi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, oʻzgartirish va bekor qilish, xususan, ular yuzasidan huquqiy ekspertizani amalga oshirish, fuqarolik, tadbirkorlik va mehnat qonunchiligi boʻyicha shartnoma va bitimlar tuzish hamda ularni bekor qilish tartibi toʻgʻrisida amaliy va nazariy bilimlarga ega boʻlishi;
6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office) mukammal darajada ishlay olishi;
7. Oʻzbek va rus tillarini mukammal bilishi (ingliz tilini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi).
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
от 10000000 UZS
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
от 10000000 UZS
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
от 10000000 UZS
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
от 10000000 UZS