OPERATSION DIREKTOR (COO)
Qurilish loyihalarini tizimli boshqarish, operatsion samaradorlikni oshirish va kompaniyani yangi bosqichga olib chiqish uchun kuchli Operatsion direktor izlayabmiz.
KOMPANIYA HAQIDA
Biz 2023-yildan beri monolit temirbeton konstruksiyalar qurilishi bilan shug‘ullanamiz. Hozirda bir nechta faol qurilish obyektlari mavjud va kompaniyani tizimli kengaytirish (scale) bosqichidamiz.
Oliy maqsadimiz — "Mustahkam inshootlar qurish orqali insonlar uchun xotirjam hayot makonlarini yaratish."
BIZ TAKLIF QILAMIZ
- Top management darajasidagi strategik lavozim
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilish loyihalarini boshqarish vakolati
- Operatsion tizimlarni qurish va optimallashtirishda to‘liq ishtirok
- Raqobatbardosh maosh + KPI asosida bonus
- Qaror qabul qilishda yuqori darajadagi mustaqillik
- Tez o‘sayotgan kompaniyada real ta’sir (impact) qilish imkoniyati
- Uzoq muddatli hamkorlik va rivojlanish imkoniyati
ASOSIY VAZIFALAR
- Kompaniya strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish va amalga oshirish
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilish obyektlarini boshqarish
- Loyihalarni muddat, budjet va sifat KPIlari asosida yuritish
- Operatsion jarayonlarni tizimlashtirish va standartlashtirish
- Budjetni shakllantirish va cash flow boshqaruvini nazorat qilish
- Xarajatlarni optimallashtirish va rentabellikni oshirish
- KPI tizimini joriy etish va barcha bo‘limlar kesimida monitoring qilish
- Resurslarni samarali taqsimlash (inson, texnika, moliya).
IDEAL NOMZOD
- Qurilish sohasida 5–7 yil tajriba, shundan kamida 3 yil rahbarlik
- Qurilish / muhandislik / moliya / biznes boshqaruvi bo‘yicha oliy ma’lumot
- Qurilish me’yorlari va loyiha-smeta hujjatlarini mukammal bilish
- Budjetlashtirish, cash flow va rentabellik tahlilida tajriba
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta obyektlarni boshqarish tajribasi
- KPI tizimlari bilan ishlash tajribasi
- Qurilish qonunchiligi va shartnomaviy munosabatlarni bilish
SHAXSIY SIFATLAR:
- Strategik va tizimli fikrlash
- Kuchli liderlik va jamoani boshqarish
- Analitik yondashuv va raqamlar bilan ishlash
- Yuqori mas’uliyat va qaror qabul qilish qobiliyati
- Stressga chidamlilik va moliyaviy intizom
QO'SHIMCHA USTUNLIKLAR:
- Yirik qurilish loyihalarini muvaffaqiyatli yakunlaganlik
- Developer yoki bosh pudratchi kompaniyada ishlaganlik
- Investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi
- Tender va davlat buyurtmalari bilan ishlaganlik.