Kompaniyamiz retail yo‘nalishida tovar aylanmasini samarali boshqaradigan mas’ul xodim qidirmoqda. Ushbu lavozim do‘konlar o‘rtasida mahsulot harakatini nazorat qilish, taqsimlash va hisobini yuritishga qaratilgan.
Asosiy vazifalar:
- Ombordan kelgan tovarlarni qabul qilish va tekshirish
- Tovarlarni do‘konlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash
- Har bir do‘kondagi qoldiqlarni nazorat qilish va yig‘ish
- Filiallar bilan ishlash, viloyatlarga chiqib tekshiruvlar o‘tkazish
- Tovar harakati bo‘yicha hisobot yuritish
- Kamchilik va ortiqchalarni aniqlash va bartaraf etish
Talablar:
- Retail yoki logistika sohasida tajriba bo‘lishi maqsadga muvofiq
- Hisob-kitob bilan ishlay olish, diqqatli bo‘lish
- Mas’uliyatli va tartibli ishlash
- Safarlarga tayyorlik (viloyatlarga chiqish)
- Excel yoki hisob tizimlari bilan ishlay olish ustunlik beradi
Ish sharoitlari:
- Ish grafigi: 6/1
- Xizmat safari xarajatlari qoplanadi
- Barqaror ish va o‘sish imkoniyati
Biz nimani taklif qilamiz:
- Dinamik va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash
- Amaliy tajriba va professional o‘sish
- Jamoa bilan samarali ishlash muhiti