Ташкент, Карасарайская улица, 2
“O’ylab ko’rdingizmi” dep mijozlardan so’rashdan zerikdingizmi?
Agar sizda shunday savol bo’lsa:
“Men qachon bozordagi eng zo‘r sotuvchilardan biriga aylanaman?”
Agar siz:
– raqobatni yoqtirsangiz,
– o‘zingizga ishonsangiz,
– va turizmning sotuv bo’limida o’smoqchi bo’lsangiz,
Oasis Touristik – aynan sizning joyingizligi aniq, bu yerda siz turizmdagi sotuv bo‘yicha yangi darajadagi muttaxasisga aylanasiz
OASIS TOURISIK HAQIDA QISQACHA
Oasis Tourisik 2023 yildan beri sayohat bozorida O’zbekistondagi yetakchi agentliklardan biriga aylandi.
2 yil ichida biz:
• 2000 dan ziyod sayohatchilarga sayohatlarni tashkil qildik;
• Toshkent shahrida 2 ta ofisimizni ochdik;
• Sotuv bo’limini chalkash bo’lgan traditsion modeldan conveer modeligacha rivojlantirdik;
• Sotub bo’limini to’liq tizimlashtirdik;
Endi esa bizga “oddiy xodim” emas,
muloqotni sevadigan, yangiliklarga ochiq, o’zini yangi levelda ko’rmoqchi bo’lganlar kerak.
NIMA ISH QILASIZ? (VAZIFALAR)
• Qo‘ng‘iroqlar bilan ishlaysiz (hech qanday sovuq qo’ng’iroqlarsiz)
• Kundalik qo‘ng‘iroqlar rejasini bajarasiz (soni va davomiyligi bo‘yicha aniq KPI asosida);
• Har bir muloqotni CRM tizimida tartibli va to‘liq qayd qilib borasiz;
• Zoom va offline uchrashuvlar olib borasiz
• Mijozga Oasis Touristik xizmatlarini tushuntirasiz va bitimni yopishgacha olib borasiz;
Bu ishni yaxshi bajargan sari:
– nafaqat daromadingiz o‘sadi,
– haqiqiy bozorni ishlashini chunasiz, fikrlashingiz o’zgaradi, aniq texnika orqali sotishni o’rganasiz
BIZ NIMALARNI TAKLIF QILAMIZ?
Ish grafigi va sharoitlar:
• Ish vaqti: 10:00 – 19:00 (8 soatlik ish kuni);
• 6/1 grafik;
• Har oyda bitta pullik dam olish kuni (rasmiy dam kunlardan tashqari);
• Zamonaviy ofis;
• Ish vaqtida qisqa vaqtga uxlab olish uchun sharoit;
Atmosfera:
• Jamoa o‘rtacha yoshi – 22 yosh;
• Tez fikrlaydigan, hazilkash va natijaga ishlaydigan yosh jamoa;
• “O‘z odamlaringiz” bilan ishlayotganingizni his qilasiz
Har oy yakunida majburiy dam olish uchun teambuldinglar (bowling,hiking,konki,kamon otish, Kvest, lazertag, konki uchish, valeyball)
Rivojlanish va treninglar:
• Sotuv bo‘yicha eng kuchli mutaxassislardan muntazam treninglar;
• Shaxsiy rivojlanish uchun 10+ ta kurs va 10+ kitoblar;
• Oddiy sotuvchidan boshlab, sotuv bo‘limini boshqaradigan ROPlikgacha aniq yo‘l xaritasi;
Daromad va bonuslar:
• Oklad: 2 000 000 so‘m;
• +10% +20% KPI (reja va sifat ko‘rsatkichlari uchun);
• Sotuvdan o‘sib boruvchi foiz – qancha ko‘p va sifatli sotuv, shuncha yuqori foiz;
• O‘rtacha sotuvchilar 5 000 000 so‘m atrofida oladi;
• Kuchli natija ko‘rsatganlar uchun daromad 6 000 000 gacha chiqishi mumkin.
Ichki motivatsiya va bonus tizimi:
• Har oy qiziqarli konkurslar:
– eng yaxshi sotuvchi,
– eng yaxshi konversiya,
– eng yaxshi CRM intizomi va boshqalar bo‘yicha;
– G‘oliblar uchun pul mukofotlari va sovg‘alar;
– Normativlar ketma ket 6 oy bajarilgan holda bepul sayohat
QANDAY ARIZA QOLDIRASIZ?
Pastdagi linkni ustiga bosib o’zingiz haqingizda ma’lumot qoldiring, shundan keyin biz ma’lumotlaringizni ko‘rib chiqamiz va keyingi bosqich haqida o‘zimiz bog‘lanamiz