Ташкент, Чиланзарский район, проспект Бунёдкор, 7Г
Kompaniyamiz haqida
OLTIN KITOB — bu 2019-yildan beri O‘zbekiston ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun sifatli bilim manbai yaratayotgan kompaniya.
Bizning asosiy maqsadimiz — har bir insonning bilimga bo‘lgan ishonchini oshirish va ta’limni zamonaviy, qulay hamda samarali shaklda taqdim etishdir.
Bugunga qadar bizning mahsulotlarimizdan 20 000+ dan ortiq o‘quvchi foydalanib, o‘z natijalarini yaxshilagan. Biz har bir o‘quvchining muvaffaqiyati orqali O‘zbekiston ta’lim tizimiga hissa qo‘shishdan faxrlanamiz.
OLTIN KITOB — bu shunchaki kompaniya emas, balki ta’lim orqali kelajakni o‘zgartirayotgan jamoa.
Bizda ishlaydigan har bir xodim o‘z ishi orqali minglab bolalar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar siz tartib, natija va maqsadga yo‘naltirilgan jamoada ishlashni xohlasangiz — OLTIN KITOB siz uchun to‘g‘ri joy.
Majburiyatlar:
Kompaniyadagi barcha ichki jarayonlarni nazorat qilish;
Har bir xodimdan natija talab qilish va mas’uliyatni ta’minlash;
Har bir topshiriq va loyiha bo‘yicha deadline’larni qat’iy kuzatish;
Bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Jarayonlarni tez va samarali bajarilishi uchun boshqaruv tizimini yaratish;
Rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish va hisobot taqdim etish.
Talablar:
Kamida 2 yillik boshqaruv yoki operatsion tajriba;
Jamoani boshqarish va nazoratni yo‘lga qo‘yish ko‘nikmasi;
Mas’uliyatli, talabchan va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
Tez fikrlash va muammolarni yecha olish qobiliyati;
Office dasturlari hamda Trello, Notion kabi vositalarni bilish.
Sharoitlar:
Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, 09:00–18:00;
Barqaror oylik maosh (suhbat asosida belgilanadi);
Faol va rivojlanayotgan jamoa;
O‘sish va lavozim kengaytirish imkoniyati.
Ташкент
до 8000000 UZS
HURMA LOMBARD (ООО OLTIN LOMBARD)
Ташкент
до 20000000 UZS
KOSMIK MONITORING VA GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI
Ташкент
до 20000000 UZS
MAXTERA EXCLUSIVE
Ташкент
до 14000000 UZS