Ташкент, улица Афросиаб, 8
Sotuv bo‘limi rahbari (ROP) — Defos Buxgalterlar Maktabi
Ish joyi: Toshkent, Oybek metrosi yaqinida
Yo‘nalish: Buxgalteriya kurslari (offline ta’lim)
Raqobatbardosh maosh - Fix + KPI (cheklovsiz)
Asosiy talablar
1. Ish tajribasi va natijalar
• Kamida 3–5 yil sotuv sohasida tajriba, shundan kamida 1–2 yil rahbarlik lavozimida ishlash.
• Ta’lim xizmatlari yoki xizmatlar sohasida yirik jamoani boshqarish tajribasi.
• Sotuv rejasini muntazam oshirib bajarish va bo‘lim samaradorligini ko‘tarish bo‘yicha aniq natijalar.
2. Strategik va operativ boshqaruv
• Sotuv bo‘limining yillik, oylik va haftalik reja-ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish.
• CRM tizimi orqali voronka boshqaruvi va sotuv jarayonini optimallashtirish.
• Mijoz jalb qilish, qayta sotuv va mijozni ushlab qolish strategiyalarini ishlab chiqish.
3. Yetakchilik va jamoa bilan ishlash
• Sotuvchilar jamoasini tanlash, o‘qitish va motivatsiya berish.
• Har bir xodimning KPI ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va rivojlanish rejasini tuzish.
• Marketing bo‘limi bilan birgalikda sotuv kampaniyalarini samarali yuritish.
4. Analitik va hisobot berish
• Sotuv bo‘limining haftalik va oylik hisobotlarini tayyorlash.
• Bozor, raqobatchilar va maqsadli auditoriya tahlilini olib borish.
• Xarajat va daromad samaradorligini nazorat qilish.
5. Texnik ko‘nikmalari
• CRM tizimlarida ishlash (AmoCRM).
• MS Excel/Google Sheets’da ma’lumotlarni tahlil qilish va vizual hisobot tayyorlash.
• Online uchrashuvlar va prezentatsiyalar o‘tkazish tajribasi.
6. Shaxsiy sifatlar
• Kuchli yetakchilik va tashkilotchilik qobiliyati.
• Maqsadga yo‘naltirilganlik, natija uchun javobgarlik.
• Tezkor qaror qabul qilish va inqiroz vaziyatlarini boshqarish.
• Professional tashqi ko‘rinish va nutq madaniyati.
UZTRANSFORMATOR
Ташкент
до 15000000 UZS
Ташкент
до 20000000 UZS
UNIQUE CONCRETE SOLUTION
Ташкент
до 30000000 UZS
ИП ООО Xalq Retail
Ташкент
до 21000000 UZS