Ташкент, улица Афросиаб, 8
KUCHLI SOTUV MENEJERI KERAK
Kompaniya: Defos - buxgalterlar maktabi
Ish joyi: Toshkent, Oybek metrosi yaqinida
Yo‘nalish: Buxgalteriya kurslari (offline ta’lim)
Raqobatbardosh oylik maosh: Fix + KPI (sotuvga qarab cheklovsiz)
Asosiy talablar
1. Ish tajribasi va natijalar
•Kamida 2–3 yil sotuv sohasida tajriba (ta’lim, kurslar, xizmatlar sotish yo‘nalishida ustunlik).
•Oldingi ish joylarida ta’lim xizmatlarini muvaffaqiyatli sotish va o‘quvchilarni kursga yozdirish bo‘yicha aniq natijalar.
•Reja va KPI’larni muntazam bajarish yoki oshirib bajarish.
2. Sotuv va muzokara ko‘nikmalari
• Mijoz ehtiyojini tez aniqlash va mos taklif bera olish.
• Telefon orqali, ofisda samarali sotuv olib borish.
• Qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradigan ishonchli argumentlar bilan ishlash.
3. Analitik va strategik fikrlash
•CRM tizimida voronka va lidlar bilan ishlash jarayonini boshqarish.
•Sotuv strategiyalarini ishlab chiqish va progrev kampaniyalarida ishtirok etish.
4. Jamoaviy ish va hamkorlik
•ROP’ga aniq va sifatli ma’lumot yetkazish.
5. Texnik ko‘nikmalari
•CRM tizimlarida ishlash tajribasi (AmoCRM).
•MS Excel/Google Sheets’da oddiy tahlil va hisobot tayyorlash.
6. Shaxsiy sifatlar
•Maqsadga yo‘naltirilganlik va natija uchun javobgarlik.
•Yuqori kommunikativlik, mijoz bilan tez ishonchli aloqa o‘rnata olish.
•Stressga chidamlilik va tezkor moslashuvchanlik.
•Ta’lim sohasida ishlashga qiziqish va o‘z ustida ishlash istagi.