Marketing, sotish va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari

Toshkent Traktor Zavodi

Marketing, sotish va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari

Чирчик, проспект Алишера Навои, 92

Описание вакансии

“Toshkent traktor zavodi” MChJ Bosh direktorning marketing, sotish va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga nomzod tanlash bo‘yicha e’lon

Jamiyat Bosh direktorning marketing, sotish va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga nomzod tanloviga malakaviy talablar

Nomzodlarga quyiladigan umumiy talablar:

• Bosh direktorning marketing, sotish va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga nomzod iqtisod, muhandislik, moliya yoxud menejment yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, kamida 3 yil rahbarlik lavozimlarda ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

• Yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarni boshqarish (rahbar, rahbar oʻrinbosari, boʻlinma boshligʻi sifatida) boʻyicha muvaffaqiyatli tajribasi mavjudligi;

• Oʻzi faoliyat yuritgan yoki boshqargan korxonalarda marketing, sotish va servis xizmat ko‘rsatish strategiyasi barqaror rivojlantirishi va korxonaning biznes loyihalar siyosatini ishlab chiqish va targʻib qilish tajribaga ega bo‘lishi kerak;

• Xorijiy hamkorlar ishtirokidagi yirik loyihalarni amalga oshirishda xalqaro normativ-huquqiy talablar nuqtayi nazaridan vaziyatni bilishi;

• Qishloq xo’jaligi texnikasi bozorini tubdan bilishi va qishloq xo’jaligi texnikalariga bozorda bo‘lgan talabni tahlil qilish qobiliyati ega bo‘lishi kerak;

• Nomzod kamida 3 yil qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish korxonalarida yoki tizim korxonalarida mehnat faoliyatiga ega bo‘lishi kerak;

• Davlat kompaniyalarida ish tajribasi qoʻshimcha afzallik boʻladi.

II. Shaxsiy sifatlari:

• Menejmentning barcha jabhalarida yetakchilikni oʻzlashtirish qobiliyati;

• Yuqori darajadagi strategik fikrlash;

• Yetakchilik fazilatlari va tajribasining mavjudligi;

• Ijobiy motivatsiya va ishontirish orqali oʻzgarishlarni amalga oshirish tajribasi;

III. Nomzodning qoʻshimcha bilim va koʻnikmalarini baholash

Til bilishi darajasi: ingliz, rus va o‘zbek tillari

• Kompyuter, internet va IT sohasidagi koʻnikmalari

• Nomzodning muqaddima qilish qobiliyati va harakatchanligi

• Nomzodning chet davlatda malaka oshirganligi

• Nomzodning boshqa koʻnikmalari

IV. Xizmat majburiyatlari:

-Jamiyatning marketing, sotish va servis xizmat ko’rsatish sohasida strategiyasini va rivojlantirishning uzoq va qisqa muddatlik rejalarini ishlab chiqish;

- Marketing tadqiqotlarining maqsadlari, ustuvorliklari va usullarini aniqlash;

- Maqsadlik auditoriya va brend joylashuvini aniqlash;

- Reklama, PR va raqamlik strategiyalarni o‘z ichiga olgan marketingni ishlab chiqish;

- Marketing tadqiqotlari va samaradorligini baholash;

- Sotishni ko’paytirish strategiyalari, maqsadlari va rejalarini ishlab chiqish;

- Mahsulot portfelini boshqarish va narx siyosatini ishlab chiqish;

- Bozor tendentsiyalarini va raqobat monitoringi;

- Savdo guruhini rag’batlantirish, o’qitish va boshqarish;

- Savdo natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

- Servis xizmatini boshqarish va servis siyosatini ishlab chiqish;

- Xizmat sifatining yuqori standartlarini aniqlash va ta’minlash;

- Strategik qarorlarni qabul qilish va biznes-rejalarni ishlab chiqish;

- Hamkorlikni va sheriklikni rivojlantirish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish;

-Banklar bilan ishlash va pul resurslari oqimlarini bashorat qilish;

-Qishloq xo‘jaligi texnikalarini doimiy tahlil qilish;

-Jamiyatning kontragentlar va sheriklar bilan moliyaviy majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish;

- Moliyaviy masalalar bo‘yicha banklar, moliya tashkilotlari va boshqa tashqi tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

- Amaldagi qonunchilik hamda jamiyatning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish.

V. Ishning asosiy shartlari:

Ish tartibi: 5/2, soat 9:00 dan 18:00 gacha. Doimiy.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi bo‘yicha rasmiylashtiriladi.

Ish haqi: Shtatlar jadvaliga muvofiq, jamiyat Nizomi va bozor mexanizmlari (shu jumladan KPI natijalari) asosida to‘lanadigan mukofot pullari hisobga olingan holda.

Tanlovning asosiy sharti:

Nomzodlar tomonidan bir xil miqdordagi ball olinganda – ustunlik xorijiy menejerga beriladi.

Tanlovga hujjat topshirish tartibida:

Talabgorlar tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim qilish zarur:

O‘z qo‘li bilan yozilgan ariza;

Avtobiografiya (batafsil ko‘rsatilsin)

Tavsifnoma (viloyat yoki tuman (shahar) hokimligi)

Kasbiy ma’lumotni, ish staji va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar, sertifikatlar;

Mehnat daftarchasi nusxasi;

Aloqa uchun ma’lumotlar;

Fotosurat 3x4 – 4 dona.

Tanlov o‘tkazish muddati — tanlovga hujjatlarini qabul qilish muddati tugagandan so‘ng 5 ish kuni davomida o‘tkaziladi.

Tanlov takliflari va hujjatlar yopiq konvertlarda va konvertning ustki qismida tanlovda ishtirok etuvchi nomzodning tanlovda ishtirok etish uchun arizasi ilova qilingan holda taqdim qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, A.Navoiy shoh ko‘chasi 92-uy, “Toshkent traktor zavodi” MChJ binosi.

Hujjatlarni qabul qilish muddatining tugashi: 2025 yil 1-avgustga, soat 18-00 qadar.

Belgilangan muddatlardan keyin yuborilgan takliflar tanlovda ishtirok etmaydi.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Полный день
  • Ташкент

  • до 1200 USD

Рекомендуем
Полный день
  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

Рекомендуем
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL

Полный день
  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Рекомендуем
Полный день
  • Ташкент

  • до 1100 USD

Digital marketing specialist

AMERIKA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI

Полный день
  • Ташкент

  • до 1100 USD

UZLOGISTIC
Полный день
  • Ташкент

  • до 1100 USD

Полный день
  • Ташкент

  • до 1100 USD

Murad Buildings
Полный день
  • Ташкент

  • до 1100 USD

BOGIRSOQ BAKERY

Digital marketing manager

BOGIRSOQ BAKERY

Полный день
  • Ташкент

  • до 13000000 UZS

ПУ Webster University in Tashkent

Marketing & PR Manager

ПУ Webster University in Tashkent

Полный день
  • Ташкент

  • до 13000000 UZS

CRYSTALBAY TOURISM
Полный день
  • Ташкент

  • до 13000000 UZS

Яндекс
Полный день
  • Ташкент

  • до 13000000 UZS

Полный день
  • Ташкент

  • до 13000000 UZS

Сарыбел Агро
Полный день
  • Ташкент

  • от 1900 USD

YATT DAVRANOV SHAXBOZ DONIYOR O‘G‘LI
Полный день
  • Ташкент

  • от 1900 USD

TWISTER JEANS
Полный день
  • Ташкент

  • от 10000000 UZS

Полный день
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Полный день
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

«UZUM TECHNOLOGIES»
Полный день
  • Ташкент

  • до 5500000 UZS

Trade Marketing Manager

MIRZA-YUSUF SERVICE

Полный день
  • Ташкент

  • до 5500000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию