Oziq-ovqat mahsulotlarini B2B yo’nalishida ulgurji yetkazib berish kompaniyasiga Sotuv menejeri (Sales Manager) qidiramiz!
Biz mehmonxonalar, zavodlar, sehlar, xususiy bog’cha va maktablar, restoranlar hamda dam olish maskanlariga (resortlarga) bazaviy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug’ullanamiz. Agar sizning savdo sohasida tajribangiz bo’lib, o’z ustingizda ishlashni va yaxshi daromad topishni istasangiz, jamoamizga qo’shiling!
Обязанности:
- Nutq madaniyati: O’zbek va rus tillarida ravon, chiroyli va to’g’ri so’zlashish qobiliyati (so’z boyligi butun va ishonchli bo’lishi shart).
- Til bilish: Rus tilini mukammal darajada bilish (mijozlar bilan erkin muloqot qilish uchun).
- Soha bo’yicha tushuncha: Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish (B2B / HoReCa / korporativ savdo) sohasida kamida qisman tushunchasi yoki shu yo’nalishda tajribasi borligi. (Oddiy chakana savdo — do’konma-do’kon yuradigan agentlar yoki talabalar bezovta qilmasin, faqat sohaga tushunadiganlar ko’rib chiqiladi).
- Asosan — ishga mas’uliyat va natija ko’rsatish istagi.
Требования: - Ish sharoitlari:
- Ish vaqti: Haftasiga 6 kun (Dushanba – Shanba). Yakshanba — dam olish kuni.
- Soat: 09:00 dan 17:00 / 18:00 gacha.
- Oylik maosh va motivatsiya:
- Boshlang’ich (bazaviy) oylik: 4 000 000 so’m (sinov va birinchi oy uchun).
- Natijaga qarab: Oylik daromadni 10 000 000 so’mgacha va undan yuqoriga chiqarish imkoniyati bor!
- Eslatma: Agar birinchi oyning o’zida real natija ko’rsatilsa (topilgan yangi mijoz kompaniya bilan doimiy ishlay boshlasa va savdolar amalga oshsa), maoshingiz to’liq 10 million so’mgacha beriladi. Agar natija umuman bo’lmasa, bazaviy 4 million so’m to’lanadi va afsuski, ikkinchi oyga o’tilmaydi. Bizga shunchaki o’tiruvchi emas, aniq natija uchun ishlaydigan kuchli kadr kerak.