Ташкент, Янгихаётский район, улица Дустлик
Shahar va viloyatlardagi avtobozorlar, avtodo‘konlar, tyuning studiyalar va servis markazlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish.
Do‘konga kelgan mijozlarga mahsulotlar taqdimotini o‘tkazish va faol savdoni amalga oshirish.
Yangi mijozlar bazasini shakllantirish hamda mavjud hamkorlar bilan munosabatlarni mustahkamlash.
Buyurtmalarni qabul qilish, yetkazib berish jarayonini nazorat qilish va oylik sotuv rejasini bajarish.
Mijozlar bilan hisob-kitoblar va to‘lov intizomini nazorat qilish.
Savdo sohasida kamida 1 yillik amaliy tajriba.
Avtoaksessuarlar, ehtiyot qismlari yoki shunga yaqin texnik yo‘nalishlarni tushunish (avtomobil sohasida ishlaganlarga ustunlik beriladi).
Mijozlar bilan erkin muloqot qila olish, e’tirozlar bilan ishlash va muzokara olib borish qobiliyati.
Mas’uliyat, intizom va natijaga yo‘naltirilganlik.
Viloyatlarga xizmat safarlariga tayyorlik.
Shartlar:
Barqaror oylik maosh (fiks) + sotuvdan olinadigan foiz va bonuslar.
Xizmat safari xarajatlari qoplanadi.
Korporativ aloqa ta’minlanadi.
Do‘stona jamoa va doimiy o‘sish imkoniyati.
RAY OF DREAMS CONSULT1NG
Ташкент
до 5000000 UZS