Full Stack (Frontend + Backend) IT o‘qituvchi

HANCOM ACADEMY

Full Stack (Frontend + Backend) IT o‘qituvchi

Ташкент, улица Шота Руставели, 114

Описание вакансии

HANCOM ACADEMY haqida

Janubiy Koreyaning HANCOM kompaniyasiga qarashli HANCOM ACADEMY — Toshkent shahri va viloyatlarida 40+ Smart Class faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ta’lim loyihasi.

Biz jamoamizga Full Stack IT o‘qituvchi lavozimiga mas’uliyatli, rivojlanishga intiladigan va IT sohasida amaliy tajribaga ega mutaxassislarni qabul qilamiz.

⚠️ MUHIM TALAB — ISH VAQTI

Ushbu vakansiya to‘liq bandlik asosida.

Ish vaqti: 09:00 – 18:00.

Nomzod ushbu vaqt oralig‘ida har kuni to‘liq ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi shart.

Agar siz:

  • boshqa joyda doimiy ishlasangiz;
  • 09:00–18:00 oralig‘ida muntazam boshqa majburiyatlaringiz bo‘lsa;
  • to‘liq ish vaqtini ajrata olmasangiz;

iltimos, ushbu vakansiyaga murojaat qilmang.

Bizga aynan to‘liq vaqtini ishga ajrata oladigan xodim kerak.

Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi yoki universitetni tugatgan bo‘lishi;
  • 09:00–18:00 oralig‘ida to‘liq bandlikda ishlash imkoniyati;
  • Full Stack dasturlash bo‘yicha amaliy bilim va tajriba;
  • Frontend va Backend yo‘nalishlarini tushunish;
  • Real loyihalarda ishlagan bo‘lishi afzal;
  • O‘quvchilarga texnik mavzularni sodda va tushunarli qilib tushuntira olish;
  • Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish;
  • Jamoada ishlay olish;
  • Doimiy rivojlanishga va yangi texnologiyalarni o‘rganishga tayyor bo‘lish.

Texnik ko‘nikmalar

Nomzod quyidagi texnologiyalardan amaliy foydalanishni bilishi kerak:

Frontend

  • HTML
  • CSS
  • JavaScript
  • React.js

Backend

  • Node.js
  • Express.js

Database

  • SQL / PostgreSQL yoki MySQL
  • NoSQL / MongoDB

Qo‘shimcha

  • REST API
  • Git / GitHub
  • API bilan ishlash
  • Authentication / Authorization
  • Zamonaviy dasturlash amaliyotlari

Qo‘shimcha texnologiyalarni bilish katta ustunlik beradi.

Asosiy vazifalar

  • Full Stack dasturlash bo‘yicha o‘quvchilarga dars berish;
  • Frontend va Backend dasturlashni bosqichma-bosqich o‘rgatish;
  • Darslarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish;
  • Mavzular, amaliy topshiriqlar va kod namunalarini tayyorlash;
  • O‘quvchilarning loyihalari va kodlarini tahlil qilish;
  • O‘quvchilarga individual yordam berish;
  • O‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirishini nazorat qilish;
  • Har bir guruh bo‘yicha davomatni yuritish;
  • O‘quvchilarning natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash;
  • O‘quvchilarga real loyihalar asosida amaliy bilim berish;
  • Zamonaviy texnologiyalar va AI vositalaridan dars jarayonida foydalanish;
  • Bosh ofis va akademiya rahbariyati bilan doimiy aloqada bo‘lish;
  • Belgilangan o‘quv dasturi va ta’lim standartlariga rioya qilish.

Biz kimni qidiryapmiz?

Bizga faqat kod yozishni biladigan dasturchi emas, balki bilimini boshqalarga yetkaza oladigan Full Stack mutaxassis kerak.

Ideal nomzod:

Dasturchi + O‘qituvchi + Mentor

bo‘lishi kerak.

Agar siz real loyihalarda ishlagan bo‘lsangiz, o‘quvchilarga amaliy topshiriqlar orqali bilim bera olsangiz va o‘z bilimingizni rivojlantirishda davom etsangiz — sizni jamoamizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Ish sharoitlari

  • To‘liq bandlik;
  • Ish vaqti: 09:00–18:00;
  • Barqaror ish;
  • Professional IT jamoada ishlash;
  • Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash;
  • Kasbiy rivojlanish imkoniyati;
  • O‘quvchilar bilan real loyihalar ustida ishlash;
  • Tajribaga qarab raqobatbardosh maosh.

❗ Murojaat qilishdan oldin

Iltimos, vakansiyani to‘liq o‘qib chiqing.

Agar siz 09:00–18:00 gacha to‘liq ishlay olmasangiz, boshqa doimiy ish yoki o‘qish sababli ish vaqtini to‘liq ajrata olmasangiz, ushbu vakansiyaga murojaat qilmasligingizni so‘raymiz.

Biz aynan to‘liq vaqtini HANCOM ACADEMY faoliyatiga ajrata oladigan xodimlarni qidirmoqdamiz.

Murojaat qilish

O‘z CV / Resumeingizni Telegram orqali yuboring.

CVda quyidagilarni ko‘rsatishingizni so‘raymiz:

  • Ism va familiya;
  • Yosh;
  • Ma’lumoti;
  • IT sohasidagi tajribasi;
  • Ishlagan loyihalari;
  • Biladigan texnologiyalari;
  • O‘qituvchilik tajribasi (mavjud bo‘lsa);
  • Telefon raqami;
  • Telegram username;
  • 09:00–18:00 to‘liq ishlash imkoniyati.
Навыки
  • JavaScript
  • HTML
  • SQL
  • REST API
  • Node.js
  • Git
  • MongoDB
  • React
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Интеллектуальные Поисковые Решения

Middle+ Backend PHP (Laravel) разработчик

Интеллектуальные Поисковые Решения

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем

Java Backend Developer (Middle)

Главный центр информатизации ЦБРУ

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Hayot Bank
  • Ташкент

  • Не указана

  • Ташкент

  • Не указана

TENZOR SOFT
  • Ташкент

  • до 700 USD

IT TA`LIM BERISH MARKAZI USTUDY

IT-kids teacher

IT TA`LIM BERISH MARKAZI USTUDY

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

IT Teacher

Union Call

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

АО СО INSON
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

TENZOR SOFT
  • Ташкент

  • до 700 USD

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 700 USD

CORE TECHNOLOGY
  • Ташкент

  • до 700 USD

CORE TECHNOLOGY

Junior Project Manager (IT)

CORE TECHNOLOGY

  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

LEADING BUSINESS SOFTWARE
  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

UYSOT TEAM
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию