Bo'lim boshlig'i

Bo'lim boshlig'i

Ташкент, Чиланзарский район, проспект Бунёдкор, 7А

Описание вакансии

Lavozim majburiyatlari:

  • Bo‘lim faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlar ishini muvofiqlashtirish va belgilangan natijalarga erishishni ta’minlash
  • Ekologiya sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalarini aniqlash, saralash va loyihalar portfelini shakllantirish
  • Loyihalarning iqtisodiy, moliyaviy, texnik va institutsional jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini baholash
  • Loyiha konsepsiyalari, loyihaoldi texnik hujjatlari, investitsiya takliflari, taqdimotlar va moliyalashtirish uchun arizalarni bevosita tayyorlash
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, grantlar, kreditlar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish
  • Xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, donorlar va investorlarning moliyalashtirish dasturlarini o‘rganish hamda ularga loyiha takliflarini kiritish
  • Xorijiy hamkorlar va loyiha tashabbuskorlari bilan muzokaralar olib borish, memorandumlar, kelishuvlar va boshqa hamkorlik hujjatlarini tayyorlash
  • Loyihalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish jarayonlarini davlat organlari, Qo‘mita tizimidagi tashkilotlar, maslahatchilar va ekspertlar bilan muvofiqlashtirish
  • Mahalliy va xorijiy maslahatchilarni jalb qilish hamda ularning faoliyati bo‘yicha texnik vazifalarni belgilash
  • Iqlim moliyasi, uglerod kreditlari va boshqa moliyalashtirish vositalari orqali mablag‘ jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
  • Loyiha hujjatlarini kelishish, manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish, tender va shartnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish
  • Loyihalarni tayyorlash jarayonidagi muammolarni aniqlash, ularni tezkor hal qilish va rahbariyatga asoslantirilgan takliflar kiritish
  • Bo‘limning ish rejalari, tahliliy materiallari va hisobotlarini tayyorlash hamda ijro intizomini ta’minlash
  • Bo‘limning eng muhim loyihalarini shaxsan olib borish va yakuniy natijalar uchun javob berish

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Iqtisodiyot, moliya, investitsiyalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, loyiha boshqaruvi yoki boshqa tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot
  • Tegishli yo‘nalishda kamida 6 yillik ish tajribasi, shundan kamida 3 yili loyihalarga rahbarlik qilish tajribasi
  • Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini aniqlash va mablag‘ jalb qilish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliy tajriba
  • Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari yoki investorlar bilan ishlash tajribasi
  • Xalqaro tashkilotlarning loyiha sikli, moliyalashtirish vositalari va loyiha takliflariga qo‘yiladigan talablarini bilish
  • Davlat boshqaruvi tizimi, idoralararo kelishuv, rasmiy ish yuritish va ijro nazorati tartiblarini puxta bilish
  • EDO.IJRO.UZ platformasida erkin ishlash ko‘nikmasi
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilish
  • Uch tilda muzokara olib borish, rasmiy yozishmalar va loyiha hujjatlarini mustaqil tayyorlash qobiliyati
  • Jamoani boshqarish, ustuvor vazifalarni belgilash va bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihani olib borish ko‘nikmasi
  • Kuchli tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik, yuqori mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik
  • Rahbarlik bilan cheklanib qolmasdan, murakkab vazifalarni shaxsan bajarishga va jamoaga amaliy ko‘mak berishga tayyorlik
  • Microsoft Word, Excel va PowerPoint dasturlaridan yuqori darajada foydalanish ko‘nikmasi

Ish sharoitlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
  • To‘liq ish kuni, ish beruvchining ofisida ishlash
  • Ish haqi tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq
  • Ichki nizom asosida ustamalar, mukofotlar va boshqa moddiy rag‘batlantirishlar
  • Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va xorijiy investorlar bilan bevosita ishlash imkoniyati
  • Yirik investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirishga jalb etishda bevosita ishtirok etish
Навыки
  • Деловое общение
  • Деловая коммуникация
  • Деловая переписка
  • Руководство коллективом
  • Точность и внимательность к деталям
  • Навыки переговоров
  • Аналитическое мышление
  • Заключение договоров
  • Документооборот
  • Проектная документация
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Moliya-Iqtisodiyot boshqarmasi boshlig'i

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

Рекомендуем
InFinBank
  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

Рекомендуем

Moliya bozorlari boshqarmasi boshlig’i

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

Рекомендуем
АКБ Asia Alliance Bank
  • Ташкент

  • до 35000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию