Ташкент, 2-й проезд Турккургон, 4
Vakansiya sarlavhasi: Grafik dizayner
Kompaniya: Bratus marketing agentligi
Maosh: 5 000 000 – 8 500 000 UZS (qo‘lga)
Kompaniya haqida:
Biz kreativ va zamonaviy yechimlar yaratuvchi marketing jamoasimiz. Hozirda jamoamizni kengaytirish maqsadida o'z ishining ustasi bo'lgan, estetik didga ega va trendlarni his qila oladigan grafik dizayner qidirmoqdamiz.
Vazifalar:
SMM loyihalari uchun zamonaviy, kreativ va e'tiborni tortuvchi vizual postlar hamda stori'lar tayyorlash;
Marketing jamoasi tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriq (TZ) asosida belgilangan muddatda, sifatli natija ko'rsatish;
Dizayn sohasidagi so'nggi trendlarni doimiy kuzatib borish va loyihalarda qo'llash.
Talablar:
Adobe Photoshop, Illustrator va Figma dasturlarida professional darajada ishlash tajribasi;
Kreativ fikrlash qobiliyati va yuqori estetik did;
Tayyor va sifatli ishlardan iborat portfolio (Rezyume bilan birga yuborilishi majburiy!);
Mas'uliyatlilik va jamoada ishlay olish qobiliyati.
Sharoitlar:
Oflayn ish formati;
Qulay joylashuv: Toshkent shahri, Bodomzor metrosi yaqinida;
Ish jadvali: 6/1, soat 10:00 dan 19:00 gacha;
Barqaror oylik maosh va ahil jamoa.
Aloqa uchun:
O'z rezyume va portfoliongizni Telegram orqali manziliga yuboring. (Iltimos, murojaatda portfolio ilova qilishni unutmang).