Faqat berilgan topshiriqlarni bajarish bilan cheklanmasdan, yangi dizaynlar, kreativ g‘oyalar va yechimlar bo‘yicha mustaqil ravishda tashabbus ko‘rsatish va takliflar berish.
Kompaniya mahsulotlari, reklama materiallari va brend ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha doimiy ravishda yangi g‘oyalar ishlab chiqish.
AI vositalarini o‘rganish hamda dizayn va kreativ ish jarayonlarida faol qo‘llash.
AI yordamida yangi kreativ g‘oyalar, dizayn konsepsiyalari va vizual yechimlarni mustaqil izlash va taklif qilish.
AI vositalari yordamida ish jarayonlarini tezlashtirish va samaradorlikni oshirish.
Mahsulot qutilari, etiketkalar, stikerlar va boshqa poligrafiya materiallari dizaynini tayyorlash.
Mahsulot qadoqlari uchun yangi dizayn konsepsiyalari va kreativ g‘oyalar ishlab chiqish.
Reklama bannerlari, kataloglar, prezentatsiyalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun dizaynlar yaratish.
Bosmaxona uchun dizayn maketlarini konsepsiyadan tayyor chop etishgacha bo‘lgan jarayonda tayyorlash va nazorat qilish.
Kompaniyaning mavjud brend uslubi va brandbook talablari asosida ishlash.
Mahsulot qadoqlarining kompaniya brendiga mos, bozorda taniqli va raqobatchilar orasida ajralib turadigan vizual ko‘rinishini yaratish.
Figma dasturida web-sayt, landing page va interfeys dizaynlarini tayyorlash.
Mavjud dizayn va maketlarga kerakli o‘zgartirishlar kiritish.
CMYK, RGB va PANTONE rang tizimlari bilan to‘g‘ri ishlash.
Rasmlarni retush qilish va rang korreksiyasini amalga oshirish.
Brief, texnik topshiriq va brandbook asosida ishlash.
Dizayndagi zamonaviy trendlar va yangi texnologiyalarni kuzatib borish hamda amalda qo‘llash.
Berilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq bajarish.
Talablar:
Tashabbuskor bo‘lish — faqat topshiriq kutib ishlamasdan, o‘zidan yangi fikr, kreativ g‘oya va takliflar bera olish.
Yangilikka ochiq, izlanadigan va doimiy ravishda yaxshiroq yechimlarni qidiradigan bo‘lish.
AI vositalari bilan ishlashga qiziqishi, ularni o‘rganishga kuchli xohishi va ish jarayonida faol qo‘llashga tayyor bo‘lishi.
Grafik dizayner sifatida kamida 2 yillik ish tajribasi.
Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, CorelDRAW va Figma dasturlarida yaxshi ishlay olish.
Adobe InDesign dasturini bilish ustunlik beradi.
Portfolio mavjud bo‘lishi shart.
Qadoqlash (packaging) va bosmaxona uchun maket tayyorlash talablarini yaxshi bilish.
Ranglar, shriftlar, tipografika, kompozitsiya va vizual ierarxiya bilan yaxshi ishlay olish.
Kreativ fikrlash va original dizayn konsepsiyalarini ishlab chiqa olish.
Marketing nuqtai nazaridan fikrlay olish: mahsulot, maqsadli auditoriya va raqobatchilarni hisobga olgan holda dizayn yaratish.
Detallarga e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lish.
Jamoa bilan samarali ishlay olish.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani to‘g‘ri rejalashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlay olish.
Yangi dizayn texnologiyalari va vositalarini muntazam o‘rganishga tayyor bo‘lish.
Ustunlik beradi:
AI, Adobe Firefly, Midjourney va boshqa AI vositalari bilan ishlash tajribasi.
Maishiy texnika yoki boshqa mahsulotlar uchun qadoqlash dizayni (packaging design) bo‘yicha tajriba.
Brandbook va brend identifikatsiyasi bilan ishlash tajribasi.
3D grafika yoki mahsulot vizualizatsiyasi bilan ishlay olish.