Ташкент
Vazifalar:
Mijozlarni kutib olish va ularga o‘quv markazi xizmatlari haqida ma’lumot berish.
Ingliz tili kurslari, o‘qish shartlari va xizmatlarini mijozlarga taqdim etish.
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar, xabarlar va murojaatlar bilan ishlash.
Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va kurslarni sotish.
Sotuv rejasini bajarish va mijozlarni o‘quv kurslariga jalb qilish.
Mijozlarning savollariga javob berish va e’tirozlari bilan professional ishlash.
Mijozlar bazasi va CRM tizimi bilan ishlash.
Yangi o‘quvchilarni test va darslarga ro‘yxatdan o‘tkazish.
Shartnomalar, to‘lovlar va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish.
O‘quvchilarning davomatini va to‘lovlarini nazorat qilish.
O‘qituvchilar, o‘quvchilar va ma’muriyat o‘rtasida muvofiqlashtirish ishlarini olib borish.
Ofisdagi kundalik tashkiliy jarayonlarni nazorat qilish.
Talablar:
Sotuv, mijozlar bilan ishlash yoki administrator lavozimida tajriba bo‘lishi afzallik hisoblanadi.
Sotuv ko‘nikmalariga ega bo‘lish va mijozlar bilan ishlashni bilish.
Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va xizmatni to‘g‘ri taqdim eta olish.
E’tirozlar bilan ishlash va muzokara olib borish ko‘nikmasi.
Ravon va savodli nutq.
Xushmuomalalik, kommunikativlik va mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.
Mas’uliyatlilik, tartiblilik va e’tiborli bo‘lish.
Kompyuter va Microsoft Office dasturlaridan foydalana olish.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalar bilan ishlay olish.
O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish. Ingliz tilini bilish — afzallik.
Shartlar:
MY SCHOOL jamoasida barqaror va qulay ish muhiti.
Barqaror ish haqi + sotuv natijalariga ko‘ra bonuslar.
To‘liq ish kuni.
Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyati.
Ishga moslashish davrida o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash.
MY SCHOOL’da ingliz tilini o‘rganish imkoniyati.