График дизайнер
📍 Bo‘lim: Dizayn va original maket tayyorlash
🕘 Ish jadvali: 09:00–18:00
📅 Dam olish kuni: Yakshanba
Vazifalar
- Buyurtmachilar buyurtmalariga muvofiq qadoqlash vositalari uchun dizayn va original maketlarni mustaqil tayyorlash;
- Dizayn konsepsiyalarini ishlab chiqish;
- Tayyor maketlarni ishlab chiqarish talablariga moslashtirish;
- Dizayn bo‘yicha berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish;
- Jamoa bilan hamkorlikda ishlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
- Ta’lim: o‘rta maxsus yoki bakalavr darajasi;
- Grafik dizayn sohasida kamida 6 oy – 1 yil ish tajribasi;
- Dizayner lavozimida ishlagan bo‘lishi;
- Kompyuter dasturlari va grafik dizayn dasturlaridan foydalana olishi;
- Dizayn va original maketlarni mustaqil tayyorlay olish ko‘nikmasi;
- O‘zbek va rus tillarini bilishi;
- Grafik dizayn bo‘yicha sertifikat, trening yoki kurslarni tamomlagan bo‘lishi afzallik hisoblanadi;
- Jamoa bilan ishlay olish va mas’uliyatli bo‘lish.
Xodimdan kutiladigan natijalar
Xodim kelgusi 3 oy davomida buyurtmachilarning talablariga muvofiq qadoqlash vositalari uchun sifatli dizayn va original maketlarni mustaqil tayyorlay olishi kerak.
Shaxsiy fazilatlar
- Jamoa bilan ishlay olish;
- Mas’uliyatlilik;
- Kreativ fikrlash;
- Vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
- Yangi g‘oyalar va takliflar bera olish.
Biz taklif qilamiz
- Barqaror ish o‘rni;
- Professional jamoada ishlash imkoniyati;
- Grafik dizayn sohasida tajriba va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati;
- Qulay ish jadvali: 09:00–18:00;
- Dam olish kuni: yakshanba.
💰 Oylik maosh: suhbat davomida kelishiladi.
Agar siz kreativ, mas’uliyatli va grafik dizayn sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz, jamoamizga qo‘shilishingiz mumkin!