Ташкент, Сергелийский район, улица Янги Сергели, 46
Vakansiya — Call-markaz operatori (Call-markaz operatori)
Vakansiya - Savdo menedjiri (Avtomobil sotish menedjiri)
Iltimos, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilib, suhbat vaqtini kelishib olishsin.
Leader Auto City — Toshkent shahridagi yirik avtomobil kompaniyasi — o‘z jamoasiga telefon orqali faol savdo qilish tajribasiga ega Call-markaz operatorini va savdo bulimi menedjiri taklif qiladi.
Vazifalar
Mijozlardan keladigan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va qayta ishlash.
Potensial va mavjud mijozlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish.
Mijozlarga avtomobillar, xarid shartlari va kompaniya xizmatlari bo‘yicha maslahat berish.
Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va unga mos taklifni taqdim etish.
Telefon orqali faol savdolarni amalga oshirish.
Mijozlar bazasi va kelib tushgan so‘rovlar bilan ishlash.
Avtomobillarni va ularning afzalliklarini telefon orqali professional tarzda taqdim etish.
Mijozlarning e’tirozlari va shubhalari bilan ishlash.
Kredit shartlari bo‘yicha mijozlarga ma’lumot berish va to‘lovlarni dastlabki hisoblash.
Mijozlarni avtosalonga tashrif buyurishga yozib qo‘yish.
Qiziqish bildirgan mijozlarni savdo menejerlariga yo‘naltirish.
Mijozni avtosalonga tashrif buyurishigacha va/yoki savdo amalga oshirilguniga qadar kuzatib borish.
Mijozlar haqidagi ma’lumotlarni CRM tizimiga kiritish va yuritish.
Excel va boshqa ish dasturlari bilan ishlash.
Belgilangan KPI va qo‘ng‘iroqlar rejasini bajarish.
Savdo rejasini bajarish va yuqori natijalarga erishish.
Mijozlarning savollarini hal qilish va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish.
Talablar
Call-markaz operatori, savdo menejeri yoki faol savdo sohasida ish tajribasi.
BUD, Roboclean, Cirbey, Hyla va shu kabi faol savdo yo‘nalishidagi kompaniyalarda ishlagan nomzodlarga alohida ustunlik beriladi.
Telefon orqali faol savdo qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Mahsulotni telefon orqali professional tarzda taqdim eta olish.
Mijoz ehtiyojlarini aniqlash va taklifning afzalliklarini tushuntira olish.
E’tirozlar bilan ishlash va mijozni kerakli harakatga olib kela olish.
Og‘zaki va yozma nutqi savodli bo‘lishi.
O‘zbek va rus tillarini erkin bilish — majburiy.
Ingliz tili — qo‘shimcha ustunlik, ammo majburiy emas.
Kompyuterdan ishonchli foydalana olish.
Excel va CRM tizimlarini bilish.
Kommunikativlik va mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish qobiliyati.
Mas’uliyatlilik, intizomlilik va stressga chidamlilik.
Tashabbuskorlik, faollik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Ko‘p sonli qo‘ng‘iroqlar va mijozlar bilan ishlashga tayyor bo‘lish.
Biz taklif qilamiz
Oylik maosh: 5 000 000 so‘m.
Savdolardan qo‘shimcha bonuslar.
Ish grafigi: 6/1.
Ish joyi: Toshkent shahri, Leader Auto City avtosaloni.
Rasmiy ishga qabul qilish.
O‘qitish va ishga moslashish jarayoni.
Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati.
Yirik va barqaror kompaniyada ishlash imkoniyati.
Aniq KPI tizimi va natijalarga qarab daromadni oshirish imkoniyati.
Biz kimni izlayapmiz?
Biz oddiy qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladigan operator emas, telefon orqali faol savdo qila oladigan, natijaga yo‘naltirilgan va energiyaga ega mutaxassisni izlayapmiz.
Agar siz mijoz bilan tezda aloqa o‘rnata olsangiz, uning ehtiyojini aniqlasangiz, mahsulotni professional tarzda taqdim etsangiz, e’tirozlar bilan ishlay olsangiz va suhbatni natijaga olib kela olsangiz — Leader Auto City jamoasiga xush kelibsiz!