Ташкент, Алмазарский район
DOMU — dekorativ panellar va zamonaviy interyer yechimlari yo‘nalishida faoliyat yuritadigan, tez rivojlanayotgan kompaniya.
Bizga shunchaki post joylaydigan emas, marketing orqali real natija olib keladigan, kreativ va tashabbuskor marketolog kerak.
Sizning vazifalaringiz:
Marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
Mijozlar oqimi va sotuvni oshirish
Instagram va boshqa reklama kanallari bilan ishlash
Reklama kampaniyalarini rejalashtirish va natijalarini tahlil qilish
Kontent, video va kreativ g‘oyalar ishlab chiqish
Raqobatchilar hamda bozorni muntazam o‘rganish
Sotuv va call-markaz jamoasi bilan birgalikda ishlash
Biz sizga:
Rivojlanayotgan va bozorda o‘z o‘rniga ega kompaniyada ishlash imkoniyati
Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkinlik
Katta va qiziqarli loyihalar
Doimiy rivojlanish va professional o‘sish
Ahil va faol jamoa
Mehnat va natijaga yarasha munosib daromad taklif qilamiz
Agar siz marketingni yaxshi ko‘rsangiz, raqamlar bilan ishlay olsangiz va qilgan ishingizning natijasini ko‘rishni istasangiz — DOMU jamoasiga qo‘shiling!