Ташкент, набережная Анхора, 57А
Online mijozlarni izlash bo‘yicha mutaxassis — Robohub
Robohub — marketplace sotuvchilari faoliyatini avtomatlashtirishga yordam beruvchi SaaS-platforma.
Biz sotuvchilarga bir nechta do‘konlarni, buyurtmalarni, mahsulotlarni, qoldiqlarni, analitikani, sharhlarni va xodimlarni yagona tizim orqali boshqarish imkonini beramiz.
Bizga kim mos keladi:
Agar siz qoshimcha ish qidirayotgan bo’lsangiz yokida masofaviy va tug’ruq ta’tilida bo’lsangiz bizga to’laqonlik bilan mos kelasiz. Hozir biz masofadan ishlaydigan Lead Generation (online mijoz topish) mutaxassisini izlayapmiz. Uning asosiy vazifasi — marketplace sotuvchilarini topish, ular bilan birinchi aloqa o‘rnatish, ehtiyojlarini aniqlash va RoboHub demonstratsiyasiga olib kelish.
Uzum Market va boshqa marketplace'larda faol sotuvchilarni izlash.
Telegram guruhlari va professional hamjamiyatlarni muntazam kuzatib borish.
Biznes tomonidan taqdim etilgan sotuvchilar bazasi bilan ishlash.
Ochiq manbalar orqali potensial mijozlarni mustaqil ravishda topish.
Har bir potensial mijozga moslashtirilgan birinchi xabarni yozish.
Sotuvchining muammolari, vazifalari va ehtiyojlarini aniqlash.
Dastlabki kvalifikatsiyani amalga oshirish.
Potensial mijoz uchun Robohub demonstratsiyasini belgilash.
Mijoz haqidagi to‘liq va kerakli ma’lumotlarni savdo menejeriga topshirish.
Qiziqish bildirgan, ammo darhol qaror qilmagan mijozlar bilan qayta aloqa qilish (follow-up).
Kontaktlar, yozishmalar va natijalarni Google sheets/Exceldato‘g‘ri qayd etish.
Kelishilgan sifatli leadlar va sifatli leadlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni bajarish.
O‘zbek tilini erkin bilish.
Rus tilini yaxshi bilish.
Yozma muloqotda savodli va aniq bo‘lish.
Internet orqali mustaqil ravishda ma’lumot izlay olish.
Notanish inson bilan birinchi bo‘lib muloqot boshlashdan qo‘rqmaslik.
To‘g‘ri savollar bera olish va mijoz ehtiyojini aniqlay olish.
Masofadan ishlashda tizimli va mas’uliyatli bo‘lish.
Kompyuter va barqaror internetga ega bo‘lish.
Lead Generation yoki savdo sohasida tajriba.
SaaS yoki IT mahsulotlari bilan ishlash tajribasi.
Uzum Market va elektron tijorat (e-commerce) bozorini tushunish.
Marketplace sotuvchilari bilan ishlash tajribasi.
Telegram orqali mijoz izlash tajribasi.
Uchrashuv yoki mahsulot demonstratsiyalarini belgilash tajribasi.
Agar sizda hali Lead Generation bo‘yicha tajriba bo‘lmasa ham, lekin ma’lumotni tez topa olsangiz, odamlar bilan to‘g‘ri muloqot qilsangiz va vazifani oxirigacha natijaga yetkazsangiz — nomzodingizni ko‘rib chiqishga tayyormiz.
To‘liq masofaviy ish.
Robohub mahsuloti va marketplace bozori bo‘yicha o‘qitish.
Robohub bo‘yicha tayyor materiallar va skriptlar.
Savdo menejerlari va rahbar tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash.
Zamonaviy SaaS mahsuloti bilan ishlash imkoniyati.
Natijaga bog‘langan bonuslar.
Savdo va e-commerce yo‘nalishida professional o‘sish imkoniyati.
6 haftalik sinov muddati.
Biz xodimni faqat qancha xabar yuborgani bo‘yicha baholamaymiz.
Biz uchun quyidagilar muhim:
Maqsadli sotuvchilar bilan sifatli va mazmunli muloqotlar;
Kvalifikatsiyadan o‘tgan leadlar;
O‘tkazilgan RoboHub demonstratsiyalari;
Topilgan leadlardan kelib chiqqan real savdolar;
Google sheets/Excellda ma’lumotlarni to‘g‘ri va sifatli yuritish.
Bizning asosiy funnelimiz:
Topilgan biznes → Aloqa → Qiziqish → Kvalifikatsiya → Demonstratsiya → Savdo
Shuning uchun asosiy e’tibor leadlar soniga emas, ularning sifatiga va yakuniy natijaga qaratiladi.
Arizangizga qisqa tarzda quyidagi 3 savolga javob yozing:
1. Uzum Market sotuvchilarini qayerdan va qanday topgan bo‘lardingiz?
2. Oddiy kontakt bilan kvalifikatsiyadan o‘tgan lead o‘rtasidagi farq nimada?
3. Nima uchun marketplace sotuvchilari uchun SaaS mahsuloti bilan ishlash sizga qiziq?
Dastlabki suhbatdan keyin 1 soatdan oshmaydigan kichik amaliy topshiriq beriladi.
YATT XAMRAYEV SHERZOD IZATULLA O`G`LI
Ташкент
до 10000000 UZS
КОККОЗОВА
Ташкент
до 4000000 UZS