Biz kimni qidirmoqdamiz?
Biz bank mahsulotlari va raqamli yechimlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadigan Middle Business Analystni jamoamizga taklif qilamiz. Agar siz bank jarayonlarini chuqur tushunsangiz, biznes ehtiyojlarini aniq tahlil qila olsangiz hamda IT jamoa bilan samarali hamkorlik qilsangiz, sizni jamoamizda kutamiz.
Asosiy vazifalar
- Bank bo'linmalari va manfaatdor tomonlardan biznes talablarni yig'ish, tahlil qilish hamda tizimlashtirish;
- Biznes talablarni funksional talablarga aylantirish va ularni kelishish;
- BRD, Functional Specification, Technical Task va biznes jarayonlari bo'yicha hujjatlarni tayyorlash;
- Dasturchilar, QA va loyiha jamoasi bilan yaqin hamkorlik qilish;
- Talablarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini kuzatib borish;
- Biznes jarayonlarini optimallashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
- Agile jamoasi faoliyatida (Sprint Planning, Backlog Grooming, Sprint Review, Retrospective) faol ishtirok etish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar
Asosiy talablar:
- Bank sohasida Business Analyst yoki System Analyst sifatida kamida 2–3 yillik ish tajribasi;
- Moliya sektori yoki FinTech kompaniyalaridagi tajriba ustunlik hisoblanadi;
- Iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari yoki turdosh yo'nalishlar bo'yicha oliy ma'lumot.
Kasbiy bilim va ko'nikmalar
- Bank axborot tizimlari arxitekturasi bo'yicha bilim:
- iABS;
- To'lov tizimlari;
- Karta protsessing tizimlari;
- Biznes talablarni yig'ish, tahlil qilish va hujjatlashtirish tajribasi;
- BRD, Functional Specification, Technical Task va biznes-jarayon hujjatlarini tayyorlash tajribasi;
- SQL bilan mustaqil ishlash ko'nikmasi;
- SDLC jarayonlarini yaxshi bilish;
- Agile metodologiyasi bo'yicha amaliy tajriba;
- BPMN, UML va Use Case diagrammalari bilan ishlash tajribasi (afzallik sifatida).
Til bilish talablari
- O'zbek tili — mukammal darajada;
- Rus tili — erkin muloqot darajasida;
- Ingliz tili — kamida B1 darajada.
Biz taklif qilamiz
- Yirik bank va FinTech loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
- Professional va kuchli jamoada ishlash;
- Zamonaviy Agile muhit;
- Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari;
- Raqobatbardosh ish haqi;