LAVOZIM YO'RIQNOMASI
Lavozim nomi: SMM va PR menejer
Bo'ysunadi: Asoschi va Strategiya bo’yicha direktor
1. Lavozim maqsadi
FAZZA Management School tarkibiga kiruvchi brendlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuchaytirish, ishonchli brend obrazini shakllantirish, mijozlar oqimini (lidlarni) oshirish va ijobiy jamoatchilik obro'sini ta'minlash
2. Asosiy vazifalar
2.1. SMM (ijtimoiy tarmoqlar boshqaruvi)
- Instagram, Telegram, YouTube va boshqa platformalarni yuritish va rivojlantirish
- Kontent strategiyani ishlab chiqish
- Oylik kontent-reja (kontent-plan) tuzish va uni amalga oshirish
- Brendlar nomidan ekspert kontent tayyorlash (post, Reels, stories, karusel)
- Kontent kalendarini boshqarish va muntazamlikni ta'minlash
- Trend va formatlarni kuzatib, ularni brend kontentiga moslashtirish
- Profillarni professional rasmiylashtirish (upakovka): bio, highlights, vizual uslub
2.2. Kontent ishlab chiqarish
- Mobilograf va videograf bilan syomka jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish
- Dizaynerga TZ berish va sifatli qabul qilib olish
- Suratga olish uchun ssenariy va savollar tayyorlash
- Asoschilar va ekspertlar ishtirokidagi videolarni rejalashtirish (ekspert kontent)
- Mijozlar minnatdorchiligi (otzyv) va natija kontentini yig'ish
- Video va fotomateriallarni tahrirlash yoki tahrirlovchiga topshirish va nazorat qilish
2.3. PR va reputatsiya
- Asoschilarning ijobiy jamoatchilik obro'sini shakllantirish
- OAV, blogerlar va hamkorlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish
- Asoschilarning turli xil faoliyatlarini har tomonlama yoritish
- Asoschilar Ekspert sifatidagi pozitsiyani mustahkamlash (intervyu, maqola, chiqishlar)
- Salbiy izoh va sharhlar bilan to'g'ri va professional ishlash (kriz-menejment)
2.4. Reklama bilan hamkorlik
- Targetolog bilan birgalikda reklama kampaniyalarini rejalashtirish
- Reklama uchun kreativ (video/banner) ga TZ berish va tayyorlashda ishtirok etish
- Avval yaxshi natija bergan videolarni tahlil qilib, ularni qayta ishlatish
- Reklamadan kelgan lidlar sifatini kuzatish va kontent bilan bog'lash
2.5. Tahlil va hisobot
- Sahifalar statistikasini kuzatish (reach, engagement, obunachilar o'sishi)
- Qaysi kontent "uchgani"ni (viral bo'lgani) tahlil qilish
- Oylik hisobot tayyorlash: natijalar va keyingi oy rejasi
- Lidlar sonini kuzatish va marketing-sotuv jamoasi bilan bog'lash
3. KPI (asosiy ko'rsatkichlar)
Ko'rsatkich
Izoh
Obunachilar o'sishi
Oylik yangi obunachilar soni
Qamrov (reach)
Kontentning oylik qamrovi
Faollik (engagement)
Layk, izoh, saqlash, ulashish
Kontent hajmi
Reja bo'yicha post/Reels/stories soni
Lidlar soni
Ijtimoiy tarmoqdan kelgan murojaatlar
Kontent muntazamligi
Reja bo'yicha o'z vaqtida nashr
4. Talablar
Professional:
- SMM yoki PR sohasida kamida 1–2 yillik tajriba
- Kontent-plan tuzish va kontent strategiyasini bilish
- Instagram, Telegram, YouTube algoritmlarini tushunish
- Video/foto kontent tayyorlash jarayonini bilish
- Reels va qisqa video formatlari bilan ishlash ko'nikmasi
- Targetolog bilan hamkorlik tajribasi (afzallik)
- Tibbiyot yoki xizmat sohasidagi tajriba (afzallik)
Shaxsiy sifatlar:
- Kreativ va trendlarni sezuvchan
- Mas'uliyatli va o'z vaqtida ish bajaradigan
- Muloqotchan va jamoada ishlay oladigan
- Tahliliy fikrlash va raqamlar bilan ishlay olish
- Tashabbuskorlik va mustaqil ishlash
- Har doim o’s ustida ishlaydigan va professionalikka intiladigan