ISHONCH do'konlar tarmog'i Toshkent
shahridagi do'konlarga ma'suliyatli va natijaga yo'naltirilgan
Qarzdorlikni undirish bo'yicha mutaxassisni ishga taklif etadi.
Vazifalar: - Biriktirilgan mijozlar portfeli bo'yicha qarzdorlikni kompaniya tartibiga muvofiq undirish;
- Rahbariyat tomonidan belgilangan reja va ko'rsatkichlarni o'z vaqtida bajarish;
- Qarzdorlik bilan ishlashda samarali usullarni taklif qilish va ularni amaliyotga tatbiq etish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar: - Ma'lumoti: o'rta maxsus yoki oliy;
- Ish tajribasi: moliya-iqtisodiyot sohasida (bank, MFO, kredit tashkilotlari yoki soliq tizimining undiruv yo'nalishida) kamida 6 oy;
- Kompyuter savodxonligi: MS Word, Excel va boshqa dasturlarda erkin ishlay olish;
- Ko'p vazifalilik (multitasking) rejimida ishlay olish hamda yuqori stressga chidamlilik;
- Muomalali, xushmuomala va erkin muloqotga kirisha olish ko'nikmasi.
Biz taklif etamiz: - Rasmiylashtirish: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq birinchi ish kunidanoq rasmiy bandlik va ish staji;
- Daromad: raqobatbardosh ish haqi;
- Qulayliklar: kompaniya hisobidan bepul issiq tushlik va korporativ forma;
- Ish grafigi: 6/1, soat 08:00 dan 18:00 gacha (1 kun dam olish);
- Rivojlanish: ahil jamoa va barqaror kompaniyada doimiy ish o'rni.